So’nggi yangiliklar

13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  1 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  4 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  5 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  13 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21

“Bunyodkor”da tuzilmaviy o'zgarishlar Yangiliklar

“Bunyodkor”da tuzilmaviy o'zgarishlar

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganidan boshlab, eng so'nggi standartlarga mos kelish va zamon bilan hamnafas bo'lishga intiladi.

Hozir ham klub tuzilmasi o'zgartirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015dagi “Akciyadorlik jamiyatlarida zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi” farmoni ijrosini taminlash maqsadida uning talablariga mos keladigan bazi ishlar amalga oshirildi.

SHunday qilib, akcionerlarning umumiy yig'ilishida xalqaro tajriba asosida, klubning sohaga oid xususiyatlarini inobatga olib, ijroiya organi rahbari bosh direktor bo'lgan yangi tashkiliy tuzilma tasdiqlandi.

SHuningdek, ushbu farmonga muvofiq, Klub Nizomiga tegishli o'zgartirishlar kiritilib, bosh direktor lavozimiga saylovlar o'tkazish tartibi ham ko'rib chiqildi. Unga muvofiq, ijroiya organining rahbarini tayinlash qarori, qoidaga ko'ra, tanlov asosida amalga oshiriladi. Unda xorijlik menejerlar ham ishtirok etishi mumkin.

Yangi tashkiliy tuzilmaga ko'ra, ijroiya organi azoligiga sport ishlari direktori va boshqalar ham kiradi.

Klub faoliyati xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Klubning 2015-2020 yillar uchun ishlab chiqqan istiqbolli dasturiga ko'ra, 2017 yilgi mavsumda “Bunyodkor” asosiy tarkibidagi mahalliy futbolchilarning 75 foizi akademiyamiz tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'lishi kerak. 2020 yilga kelib esa ushbu ko'rsatkich 80 foizga etkazilishi lozim.

Klub bosh direktori rahbarligida Murabbiylar kengashi tashkil etildi. Bu kengash yoshlar tarkibi, “Bunyodkor”ning birinchi va ikkinchi ligadagi jamoalari katta murabbiylarining ish rejalarini tasdiqlaydi. SHuningdek, rejalarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib boradi. Jamoamiz o'yinini kuchaytirishi mumkin bo'lgan nomzodlarni kuzatib boradigan klubning selekciya xizmatiga qo'yiladigan talablar ham ortmoqda. Futbolchilar yoki mutaxassislar bilan imzolanadigan shartnomalar borasida yakuniy qaror Murabbiylar kengashida qabul qilinadi. Asosiy tarkibning mashg'ulotlar jarayoniga Baxtiyor Boboev va Sergey Lushchan juftligi boshchilik qiladi. Klub oldidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish borasidagi umumiy masuliyat Murabbiylar kengashi rahbariga yuklatiladi.

“Bunyodkor”da yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan murabbiylar shtabi va futbolchilar haqida keyinroq batafsil malumot beramiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика