“Bunyodkor” – “Zob-Ahan”. O'yinoldi matbuot anjumani
14 mar 2016 11:05
Yangiliklar


“Bunyodkor” – “Zob-Ahan”. O'yinoldi matbuot anjumani
Ertaga, seshanba kuni “Bunyodkor” stadionida Eronning “Zob-Ahan” klubiga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.
Soat 12:15da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Zob-Ahan” bosh murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
SHundan so'ng “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan va etakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
“Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi-2016 3-turi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuvi 16 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar