“Bunyodkor” yoshlaridan navbatdagi yirik g'alaba
22 jan 2014 13:59
Yangiliklar

“Bunyodkor” yoshlaridan navbatdagi yirik g'alaba
Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi “Bunyodkor” yoshlar jamoasi bugun 2-ligasi ishtirokchisi “Sergeli” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuvda bir necha yangi futbolchilar bilan harakat qilgan yoshlarimiz 4:1 hisobida g'alaba qozondilar. Yosh “qaldirg'ochlar” ko'rigida ishtirok etayotganlar orasida Farhod Sadullaevning hatti-harakatlari alohida ajralib turdi. U butun o'yin davomida faol harakat qilish bilan birgalikda raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi. Yana ikki golga Zokirjon Nurmatov va Vladislav Nuriev mualliflik qilishdi.
Yoshlarimiz bungacha Qozog'istonning BIIK klubini 7:0, “Olmaliq” yoshlarini 6:0, yosh “temiryo'lchilar”ni 5:0, “Qo'qon-1912”ni 1:0 va Jambulning “Taraz” jamoasi o'rinbosarlarini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi.
“Bunyodkor” yoshlari kelayotgan yakshanba kuni “Taraz” o'rinbosarlari bilan yana bir bor nazorat uchrashuvida kuch sinashadi.

Fikrlar