So’nggi yangiliklar

02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"Bunyodkor": Yoshlar ligasi. G'alaba bilan boshladik Yangiliklar

"Bunyodkor": Yoshlar ligasi. G'alaba bilan boshladik

2015 yilgi yoshlar ligasi bahslari start oldi.
1-turda “Bunyodor” va “Buxoro” yoshlar jamoalari kuch sinashdilar.

Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq o'yin tizginini o'z qo'llariga olishib, buxoroliklar darvozasi oldida ketma-ket havfli vaziyatlar yarata boshlashdi.

Yangi mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvidagi golimizni 12-daqiqada Mirjamol Qosimov kiritdi. Uning jarima maydonchasi chizig'i yonginasidan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'riga borib tushdi.

26-daqiqada Otabek SHukurov ham o'zining kuchli zarbasi evaziga hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Tanaffusga chiqish arafasida yosh “qaldirg'ochlar” chiroyli kombinaciya tashkil etishdi. Hujumni Azizbek Mamazoitov ajoyib gol bilan yakunlab, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar tarkibga o'zgartirishlar kiritishdi. “Qaldirg'orchlar” yana gol urish uchun oldinga intilishdi. Biroq “Buxoro” yoshlari hisobni qisqartirishga erishdilar. 76-daqiqada Bahrom Narzullaev tiqilinch vaziyatdan darvozani ishg'ol qilib, yakuniy natija 3:1 bo'lishini taminladi.

SHunday qilib, Hikmat Ergashev shogirdlari mavsumni g'alaba bilan boshladilar.

Yoshlar ligasi, 1-tur
“BUNYODKOR” – “BUXORO” 3:1 (3:0)
Gollar:
Mirjamol Qosimov 12 (1:0), Otabek SHukurov 26 (2:0), Aziz Mamazoitov 42 (3:0), Bahrom Narzullaev 76 (3:1)
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuxurov, 30.Azizbek Mamazoitov (10.Muhammadodil Qahramonov 60), 33.Ibroxim G'ofurov, 18.SHohzod Abdurahimov, 15.Ergash Ismoilov (6.Georgiy Pogosov 63), 44.Mirjamol Qosimov (28.Vyacheslav Purak 70), 23.Xurshid G'iyosov, 5.Otabek SHukurov (21.Farhod Namozov 46), 7.Nodir Mavlonov (11.Jahongir Xodjamov 61), 26.Sardorbek Azimov (14.Vladislav Nuriev 58), 59.Javohir Qahramonov
“Buxoro”: 25.SHoxjahon Nasimov, 2.Vyacheslav Ponomaryov, 5.Ruslan Aslanov, 6.Mehroj G'ulomov, 7.Feruz Mo'yinov, 8.Ahror Umarjonov, 9.Nozim Umurov, 10.Bahrom Narzullaev, 11.Akobir To'raev, 15.Ravshan Aslanov, 88.Ravshan Yangiev
Zaxiradan maydonga tushganlar: 3.Bobur Omonov, 14.Azamat Soliev, 17.Abbos Ikromov, 21.Doniyor Saidov, 77.Adiz Ochilov, 89.Narimon Hasanov
Bosh hakam: A.Jalimov (Nukus)
Uchrashuv nazoratchisi: A.Popov (Toshkent)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика