"Bunyodkor" yirik miqdordagi tovon puli evaziga OKMK futbolchisini sotib oldi
10 jan 2025 16:37
Yangiliklar
"Bunyodkor" yirik miqdordagi tovon puli evaziga OKMK futbolchisini sotib oldi
2024 yilgi mavsumda OKMK bilan 3 yillik shartnoma imzolagan markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov endilikda faoliyatini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida davom ettiradi.
OKMK futbolchini "Bunyodkor" klubiga transfer qildi. Malumotlarga qaraganda, "qaldirg'ochlar" Rahimjonov uchun "konchilar"ga katta tovon puli to'lab bergan.
"Konchilar"ning yosh va istiqbolli himoyachisi o'tgan mavsumni "Olimpik" safida boshlagan bo'lsa, mavsumning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" klubiga ijaraga o'tkazilgandi. Asadbek Rahimjonov yangi mavsumdan boshlab rasman "qaldirg'ochlar" safida to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar