"Bunyodkor" va "Metallurg" ikki uchrashuv o'tkazdi
15 jan 2014 15:49
Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Metallurg" ikki uchrashuv o'tkazdi
“Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari o'zaro ikkita uchrashuv o'tkazishdi
Bugun “Bunyodkor” futbol maktabining suniy qoplamali maydonida ketma-ket uchta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Dastavval Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi yoshlarimiz “Qo'qon-1912” jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. O'yinda kiritilgan yagona gol Dostonbek Hamdamov hisobiga yozildi.
Soat 12:00da “Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi birinchi uchrashuvga start berildi. Qiziqarli kechgan bahsda bekobodliklar vaziyatlardan unumliroq foydalanishib, yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozondilar. Uchrashuvning 30-daqiqasida Sunnatilla Mamadaliev jarima maydonchasi ichiga kirar-kirmas Zuxurov qo'riqlagan darvozani aniq nishonga oldi – 0:1. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. O'yinning 65-daqiqasida SHahzodbek Nurmatov darvozabonni oldinga chiqib ketishidan unumli foydalanib, “Metallurg”ning ikkinchi golini kiritdi. O'yin yakunlanib borayotgan paytda esa jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan turkmanistonlik futbolchi Arslonmurod Omonovning burchakdan oshirgan pasidan keyin Oleksandr Pishur boshi bilan darvozani aniq ishg'ol qildi – 1:2. SHu tariqa, birinchi uchrashuvda bekobodliklar g'alaba qozonishdi.
“BUNYODKOR” – “METALLURG” 1:2 (0:1)
Gollar: Sunnatilla Mamadaliev 30 (0:1), SHahzodbek Nurmatov 65 (0:2), Oleksandr Pishur 71 (1:2)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov (Pavel Bugalo 41), Xayrulla Karimov, Bobur Akbarov, Akmal SHorahmedov, Sahob Jo'raev, Javlon Ibrohimov, Zabixillo O'rinboev, Alisher SHog'ulomov, Arslonmurod Omonov, Vohid SHodiev, Oleksandr Pishur
“Metallurg”: Suhrob Sultonov, Saidkomil Akbarov, Hikmat Hoshimov, Davron Karimqulov, Doniyor Odilov, Sunnatilla Mamadaliev, Aleksandr Kovalyov, Sardor Rasulov, SHahzodbek Nurmatov, SHuhrat Yo'ldoshev, Alisher Ziyovuddinov
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Ikkinchi bahs ham qiziqarli vaziyatlarga boy bo'ldi. O'yindagi ustunlik va to'pni nazorat qilish borasida “qaldirg'ochlar” yaxshiroq harakat qilishgan bo'lsalar-da, hisobni ochish yana mehmonlarga nasib etdi. Mirto'ra Akbarovning chamasi 27 metrlardan yo'llagan zarbasi Akbar To'raevning qo'llariga tekkan holda darvoza to'riga borib tushdi – 0:1. O'yinning 70-daqiqasida Anvar Berdiev hisobni tenglashtirishga erishdi. Rustam Azamov uzatgan pasni Alibobo Rahmatullaev darvozaga yaqin joyda Anvar Berdievga to'xtatib berdi. Tajribali hujumchi esa zarba berishda adashmadi – 1:1. Qolgan daqiqalarda boshqa gol urilmadi va ikkinchi bahsda kuchlar teng keldi.
“BUNYODKOR” – “METALLURG” 1:1
Gollar: Mirto'ra Akbarov 26 (0:1), Anvar Berdiev 68 (1:1)
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, SHukurali Po'latov, Kamronbey Kapadze, Jahongir Jiyamurodov, Rustam Azamov, Mirjamol Qosimov, Orifjon Mamajonov, Alibobo Rahmatullaev, Bahodir Pardaev, Mansur Saidov, Anvar Berdiev
Bosh hakam: Marat Ismoilov
Ushbu nazorat uchrashuvlaridan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli tatil berildi. Jamoamiz azolari 17 yanvar sanasida tushlikdan so'ng klub qarorgohida yig'ilishadi va ertasi kuni tongda BAAga jo'nab ketishadi.

Fikrlar