So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  0 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

“Bunyodkor” va JAKO kompaniyasi hamkorligi davom etadi Yangiliklar

“Bunyodkor” va JAKO kompaniyasi hamkorligi davom etadi

Ayni paytda “Bunyodkor” futbol klubi tijorat direktori Ayniddin G'iyosov Germaniyaning Frankfurt shahrida bo'lib turibdi.
Xabaringiz bor, 2011 yilda “Bunyodkor” futbol klubi va Germaniyaning JAKO kompaniyasi o'rtasida ikki yillik shartnoma imzolanib, unga ko'ra shu vaqt mobaynida “qaldirg'ochlar” mazkur firma tomonidan ishlab chiqariladigan liboslardan foydalanishlari ko'zda tutilgan edi. Oradan ikki yil o'tib, kelishuv muddati nihoyasiga etdi.

“Bunyodkor” FK va JAKO kompaniyasi o'rtasida navbatdagi muzokaralar bo'lib o'tdi. Germaniyaning Frankfurt shahrida JAKO kompaniyasi prezidenti - boshqaruv raisi Rudi SHryugel, kompaniya vice-prezidenti Xans Verkle va “Bunyodkor” FK tijorat direktori Ayniddin G'iyosov o'rtasidagi muhokama natijasida yangi shartnoma imzolandi.

- “Bunyodkor” futbol klubini Osiyo qitasida qanday nufuzga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz. Jamoaning Osiyo CHempionlar ligasida muntazam ravishda ishtirok etib, ijobiy natijalar qayd etayotganidan ham yaxshi xabardormiz. Bunday jamoa bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz. Aynan “Bunyodkor” orqali JAKO kompaniyasi liboslari Osiyo bozorida yanada ommalashishiga ishonamiz, - deydi JAKO kompaniyasi prezidenti - boshqaruv raisi Rudi SHryugel.

- Ikki yildan buyon JAKO liboslaridan foydalanib kelyapmiz. Ushbu kompaniya liboslarining sifati va qulayligi “Bunyodkor” klubini qoniqtiradi. SHuningdek, JAKOning zamonaviy dizayni ham boshqalardan alohida ajralib turadi. Aynan “Bunyodkor” FK uchun tikilayotgan liboslarni o'z ko'zim bilan kuzatib chiqdim. O'ylaymanki, “Bunyodkor”ning yangidan-yangi cho'qqilarni zabt etishida ushbu kompaniyaning ham o'ziga xos hissasi bo'ladi, - deydi “Bunyodkor” FK tijorat direktori Ayniddin G'iyosov.

Demak, “Bunyodkor” FK va JAKO kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика