So’nggi yangiliklar

08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  0 07:56ЦСКА тасдиқлади  2 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  2 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  45 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1

Bunyodkor Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti qoshidagi akademik liceyga tashrif buyurdi Yangiliklar

Bunyodkor Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti qoshidagi akademik liceyga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, mart oyida Bunyodkor azolari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurgan edi.

Kuni kecha «Bunyodkor» Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti qoshidagi akademik liceyda mehmon bo'ldi. Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov o'quvchilarning bir-biridan qiziqarli, jiddiy savollariga javob berdi.

Jumladan, bir o'quvchi Vadim Karlenovichga «milliy terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqasizmi», deya ko'ndalang savol bilan murojaat qildi. To'g'ridan-to'g'ri berilgan bu savol samimiy ruhda o'tayotgan uchrashuvga yanada ko'tarinkilik qo'shdi. Boshqa bir o'quvchi esa, «Bunyodkor»ning bugungi holati bilan qiziqib, mutaxassisdan klubdagi rejalarini so'radi. Aytish kerak, Vadim Abramov barcha savollarga batafsil javob berdi. Bu Vadim Karlenovichning milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo'lganidan keyin tashrif buyurgan ilk bilim dargohi bo'ldi.

Tadbir yakunida har ikki tomon bir-biriga sovg'alar ulashdi. Xususan, liceyda direktori Sultonov Hojimurod Abduhakimovich Vadim Abramovga milliy to'nimizni kiydirgan bo'lsa, Vadim Karlenovich o'zining va futbolchilarning dasxati tushirilgan koptok hamda qiziqarli savol bergan uch nafar o'quvchiga «Bunyodkor»ning sovg'alarini taqdim qildi. Qolaversa, «Bunyodkor» futbol klubi tomonidan licey o'quvchilariga jamoaning uy uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishlari uchun bepul chiptalar taqdim qilinishi ham kelishib olindi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика