So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Bunyodkor Tojikiston bilan do'stona munosabatlarni davom ettirdi Yangiliklar

Bunyodkor Tojikiston bilan do'stona munosabatlarni davom ettirdi

Teglar :  Xo'jand Bunyodkor
O'zbekiston va Tojikiston xalqlarini ko'p asrlik do'stlik va yaxshi qo'shnichilik, yagona din, o'xshash madaniyat, urf-odat va ananalar bir-biriga mustahkam bog'lab turadi.

Har ikkala davlat prezidentlari – SHavkat Mirziyoev hamda Emomali Rahmonning siyosiy irodasi, uzoqni ko'zlab yuritayotgan oqilona siyosati tufayli so'nggi yillarda mamlakatlarimizning ko'p qirrali hamkorligi yangi bosqichga ko'tarildi, xalqlarimiz do'stligi mustahkamlandi. CHegaradagi o'tkazish punktlari ochilgani, mamlakatlarimiz o'rtasida transport qatnovi tiklangani odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu hamkorliklarning samarasi o'laroq Tojikistonning «Xo'jand» futbol klubi bir necha marta yurtimizda mehmon bo'ldi va albatta o'zbek jamoalari ham qo'shni yurtga tashrif buyurib, do'stona munosabatlarni davom ettirdi. «Bunyodkor» futbol klubi ham mazkur do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 11-12 oktyabr kunlari Tojikistonning Xo'jand shahriga safar uyushtirdi. Alohida takidlash kerakki, safarga o'z avtobusida yo'l olgan «qaldirg'ochlar» har ikkala davlatning chegarasidan hech qanday muammolarsiz, suniy to'siqlarsiz o'tdi. SHuning o'zi ham har ikkala davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan siyosat qanchalik mustahkam ekanligidan darak beradi.



Xo'janddagi «So'g'diyon» mehmonxonasida istiqomat qilgan «qaldirg'ochlar» safarning birinchi kunida kun kech bo'lishiga qaramasdan «Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi» stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Kechki ovqatdan avval «Bunyodkor» jamoasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Mirzaev o'zaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lida qilayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, «Xo'jand» klubi homiylaridan biri SHoxin Gulovga estalik sovg'alarini topshirdi.

O'rtoqlik uchrashuvining darajasi rasmiy o'yinnikidan farq qilmadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero, har ikkala jamoa ham hujumkor o'yin namoyish qildi. Bellashuv boshlanishi arafasida har ikkala jamoa direktorlari Murod Umarov hamda Ulug'bek Mirzaev o'zaro sovg'alar almashishdi. Qolaversa, o'yinni ramziy tarzda boshlab berishdi. Uchrashuvda hisobni maydon egalari ochishdi. Ammo mezbonlarning golini tafti bosilib ulgurmay Dmitriy Ostrovskiy o'zining supergoli bilan o'yinni bezadi. Barcha uchrashuvning birinchi bo'limi shu hisobda yakunlanadi deb turgan vaqtda mezbonlar ikkinchi marta hisobda oldinga chiqib olishdi. Lekin bu safar ham maydon egalarining goliga supergol bilan javob qaytarildi. 52-daqiqada SHohruh Gadoev chamasi 30 metrlardan yo'llagan ajoyib zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi.


Uchrashuvning asosiy vaqti shu hisobda yakunlandi. SHundan so'ng mezbonlarning taklifiga ko'ra, g'olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Futbol tili bilan aytganda lotoreyada omad maydon egalariga kulib boqdi. «Xo'jand» futbolchilari ikki, «qaldirg'ochlar» uch marta penaltini golga aylantira olmadi.

Takidlaganimizdek, garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa-da, o'yin darajasi rasmiy bahsdan kam bo'lgani yo'q. Ahamiyatlisi, «Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi» stadionida nafaqat mahalliy ishqibozlar, balki o'zbekistonlik muxlislar ham o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlab o'tirdi. SHu tariqa do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlash yo'lida tashkil qilingan o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.


XALQARO O'RTOQLIK UCHRASHUVI
«Xo'jand» (Tojikiston) – «Bunyodkor» - 2:2 (2:1. pen. bo'y.: 5:4)
12 oktyabr. Xo'jand. «Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi» stadioni.
Bosh hakam:
Xurshid Dadobev.
Komissar: Ahliddin Yunusov.
«Xo'jand»: Mo'minjon Gadoyboev, Sohibjon Hakimov, Oybek Abdug'afforov, Alisher Barotov, Dilshod Karimov, Firdavs CHakalov, Baxtiyor CHoriev, Ilsur Samigullin, Komroni Mirzonajod, Muhammadsharifi Saidxo'ja, Dilshod Bozorov.
Zaxiradan tushganlar: Parviz Aliev, Dilshod Vosiev, Yuriy Zaxarkiv.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Anvar G'ofurov, Boburbek Farhodov, Dilshod Ahmadaliev, SHohruh Gadoev, Suhrob Izzatov, Evgeniy CHumak, Javohir Qahramonov, Dmitriy Ostrovskiy, Sanjar Rixsiboev, Temur Ayupov.
Zaxiradan tushganlar: Eldor Adhamov, Sardor Xursandov, Muhamadodil Qahramonov, Valeriy Akopov, Vladislav Nuriev, G'ayrat Azizxo'jaev, Abdurashidbek Tohirov, Abdurauf Bo'riev.
Gollar: Dilshod Bozorov, 28 - 1:0. Dmitriy Ostrovskiy, 32 - 1:1. Firdavs CHakalov, 44 - 2:1. SHohruh Gadoev, 52 - 2:2.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика