“Bunyodkor” tatilga chiqdi
28 dek 2016 21:26
Yangiliklar
“Bunyodkor” tatilga chiqdi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qishki o'quv-mashg'ulot yig'inining birinchi bosqichini yakunladi.
Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan 15-28 dekabr kunlari Toshkentda tayyorgarlik jarayonini olib bordi. Ushbu yig'in davomida Viktor Kumikov boshqaruvidagi “Olmaliq” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazildi va unda Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritilgan ikkita gol “Bunyodkor”ga 2:0 hisobida g'alaba keltirdi.
Yakunlangan mavsumda “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan Minori Sato, Yurica Bulyat va Aleksandar Alempievichning klub bilan tuzgan shartnomalari yakunlanganligi bois ular jamoani tark etishdi.
“Bunyodkor” vakillariga 4 yanvarga qadar tatil elon qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar