So’nggi yangiliklar

22:53ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона". Жавоб учрашуви учун таркиблар аниқ!  15 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  3 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  19 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  5 17:47Ўзга олам вакиллари  8 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  11

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Turkiyadan 1ta oltin va 2ta bronza medallari bilan qaytishmoqda Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Turkiyadan 1ta oltin va 2ta bronza medallari bilan qaytishmoqda

23-29 mart kunlari Turkiyaning Side shahrida yosh futbolchilar o'rtasida “Lukoil” kompaniyasi tashabbusi bilan “Turkish Holidays” musobaqasi o'tkazildi.
Turnirda jami 43ta jamoa ishtirok etdi. SHulardan to'rtta jamoani “Bunyodkor” futbol maktabining turli yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari tashkil etdi.

Aytish joizki, yosh “qaldirg'ochlar” musobaqani ko'tarinki ruhda o'tkazishdi.

Aleksandr Stromilov boshchiligidagi 2006/2007 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz o'z yosh toifalarida “Krilatskoe” (Moskva, Rossiya), “Lokomotiv” (Moskva, Rossiya) va “Zenit” (Sankt-Peterburg, Rossiya) jamoalarini mag'lubiyatga uchratishib, turnirning oltin medallarini qo'lga kiritishdi.

2004/2005 yillarda tavallud topgan futbolchilarimiz o'z guruhlarida Germaniyaning “Verder” klubidan keyin ikkinchi o'rinni band etishgandi. Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov shogirdlari 3-o'rin uchun bahsda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashishib, 1:0 hisobida g'alaba qozondilar va bronza medallarini qo'lga kiritdilar.

“Bunyodkor”ning 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari turnirni yaxshi saviyada o'tkazishdi, deyish mumkin. Ikkita jamoa bo'lib qatnashgan U-13 jamoalarimiz yarim finalda “Beshiktosh” (Stanbul, Turkiya) va “CHertanovo” (Moskva, Rossiya) jamoalariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Natijada bronza medallari uchun bahsda Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-A” jamoasi bilan Sergey CHigodaev murabbiyligidagi “Bunyodkor-B” jamoalari kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsda asosiy jamoamiz g'alaba qozondi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Turkiyada tashkillashtirilgan “Lukoil Turkish Holidays” musobaqasidan 1ta oltin va 2ta bronza medallari bilan yurtimizga qaytadigan bo'lishdi.

Ushbu HAVOLA orqali “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilarining musobaqadagi fotojamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика