“Bunyodkor” stadioniga OAV vakillarining kirish tartibi o'zgardi
24 sen 2015 13:44
Yangiliklar


“Bunyodkor” stadioniga OAV vakillarining kirish tartibi o'zgardi
Bugun oliy liga 23-turini boshlab beruvchi “Bunyodkor” - “So'g'diyona” uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bahs “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.
“Bunyodkor” - “So'g'diyona” uchrashuvini bevosita stadionda yoritib bormoqchi bo'lgan OAV vakillariga shuni malum qilamizki, “Bunyodkor” stadioniga kirish tartibi bugungi bahsdan boshlab o'zgardi. Yani, OAV xodimlari stadion xududiga endi “Mirzo Ulug'bek” metrosidan chiqaverishdagi bosh darvozadan kirishadi. Matbuot vakillari stadionga kirish nazoratida O'zPFL tomonidan berilgan akkreditaciya beyjiklarini ko'rsatishlari shart.
“Bunyodkor” FK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar