So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Bunyodkor" maydoniga nima bo'ldi? Stadion direktori batafsil malumot berdi Yangiliklar

"Bunyodkor" maydoniga nima bo'ldi? Stadion direktori batafsil malumot berdi

Ikkinchi davra boshidagi "Lokomotiv" - "Olimpik" va "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvlari "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinlarda "Bunyodkor" stadioni maysasi holati ko'pchilikning etiborini tortgani bor gap. Sentyabr oyidan boshlab ushbu stadionda O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash o'yinlarini o'tkazishni boshlaydi. Juda ham muhim bahslardan oldin maydon holati ideal bo'lishi kerak. Birinchi davrada bu stadionda "Bunyodkor"dan tashqari "Buxoro" ham uy o'yinlarini o'tkazdi. Ikkinchi davrada esa "Bunyodkor" bilan birga "Lokomotiv" o'z uy o'yinlarini o'tkazishni boshladi. "Paxtakor" ham Elit Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi o'yinlarni shu maydonda o'tkazadi.

Maydonning holatini bilish uchun "Bunyodkor" stadioni bosh direktori SHerzod Haqberdiev bilan bog'landik.



"Bilasiz stadion ichida havo aylanmaydi, havo ham 45 daraja issiqdan pastga tushmadi. O'tgan yil yozgi chilladan keyin ham shunday holat kuzatilgandi. Havo harorati pasaygach, barchasi o'z joyiga tushadi va maydon yana o'z holatiga qaytadi. Ayni paytda stadion xodimlari yordamida maydon ichida mikroiqlim yaratdik. Bunda suv maysa ustiga kuchli shamol orqali sepiladi.

Esingizda bo'lsa, ikki yil avval maydonimizga suniy chim ekilgandi. Qoidasi bo'yicha bunday stadionlarda bir yilda bir marta suniy maysaning usti tozalanib turishi va tabiiy maysa uchun urug' ekish kerak. Urug' ekish uchun eng qulay muddat bahor yoki kuz fasli. O'tgan yil bizda vaqt bo'lgandi shuni amalga oshirgandik. Bu yil esa vaqt etarli bo'lmadi va hozirgacha tozalov ishlarini amalga oshira olmadik. Nasib qilsa rejamiz bo'yicha noyabr oyida tozalash va urug' ekish jarayonini amalga oshiramiz.

Albatta tabiiy maydonda tez-tez o'yinlar o'tkazlishi ham maysa sifatiga tasir qilmasdan qolmaydi. SHunga qaramay, stadion bo'lajak muhim o'yinlarda ideal holatda bo'lishi uchun bor kuchimiz bilan ishlayapmiz", - dedi "Bunyodkor" stadioni bosh direktori SHerzod Haqberdiev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика