"Bunyodkor" stadioni direktori: "2 dekabrda maydonga yangi urug' sepildi"
13 fev 2017 13:37
Yangiliklar
"Bunyodkor" stadioni direktori: "2 dekabrda maydonga yangi urug' sepildi"
"Bunyodkor" stadioni direktori Vohid Zokirov ayni damda arena maydoni qanday holatda ekanligiga aniqlik kiritdi.
“Bunyodkor” muxlislarini jamoani guruh bosqichiga yo'llanma olgani bilan tabriklayman. Barcha murabbiylar va xodimlarni bu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. O'tgan yil maydon borasida ko'plab tanqidlar bo'ldi. Bu yil yangi urug' olib keldik. 28 noyabr kuni so'nggi bahs bo'lib o'tgach 2 dekabrda yangi urug' maydonga sepildi. Mana 31 yanvar kuni Qarshining “Nasaf” klubi OCHL saralashi doirasida o'yin o'tkazdi. Maydon sifati ancha yaxshi ekanini barcha ko'rdi. Agar 28 fevral kungi “Bunyodkor” – “Al Ayn” uchrashuviga qadar ulgursak chiptalarni internet orqali sotishni yo'lga qo'ymoqchimiz" - deydi Vohid Zokirov.
O’xshash yangiliklar
13:10
O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bahslari Toshkentda o'tkaziladi 0
Fikrlar