So’nggi yangiliklar

14:54ФИФА "Атлетик" клубига 2028 йилгача трансфер тақиқи қўйди  0 14:33САфарда: "Пахтакор" бир соат фарқи билан икки украин клуби билан ўйнади. Бўриев ва Ҳамдамов билан интервью!  1 14:13Расман: Владимир Бубаня — "Металлург" футболчиси  6 13:55"Ливерпуль" дарвозабони Премьер-лигада муҳим кўрсаткичга эришди  0 13:32Расман: "Металлург" Султонов билан шартнома имзолади  1 13:15Дарвин Нуньес Саудия Арабистони чемпионати қайдномасидан чиқарилди  2 12:58"Гулистон" клуби янги мавсумга тайёрланмоқда  0 12:32Япония лигасида дуранглар бекор қилинди  6 12:06Миржамол Қосимов: "Миржалол Қосимов жамоасида бўлиш босими йўқ. Аксинча, бу интилишга туртки беради"  4 11:39Марк Краснов: "Арал" яхши жамоа экан, клубда барча ишга профессионал ёндашади"  0 11:17Нодир Абдураззоқов: "Жамоанинг мақсади ҳар доим битта бўлган. Ҳеч қачон бешталик ё ўнталикда бўламиз деган ўй бўлмаган"  0 10:45Дониёр Абдуманнопов: "Мақсад доим юқори қўйилади. Амалда кўрсатиш керак"  0 10:17"Лочин" устози Элдор Мойлиев: "Про лигада кучли учликка киришга ҳаракат қила оламиз"   2 09:42Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"  63 09:28Микель Артета: "Бундай рақибга қарши назоратнинг ўзи етарли эмас"  1

"Bunyodkor": Sobirxo'jaev Turkiyadagi yig'inga qo'shiladi Yangiliklar

"Bunyodkor": Sobirxo'jaev Turkiyadagi yig'inga qo'shiladi

Futbol uchrashuvida asosiy “qora ish”, yani maydonda yarq etib ko'rinmasa-da, katta jismoniy kuch sarflash evaziga o'yin tizginini ushlab turish tayanch yarim himoyachilar zimmasiga yuklatilgani xech kimga sir emas.
SHu bois ham murabbiylar bu amplua egalarini boshqa yulduz o'yinchilar qatorida ardoqlaydilar. “Bunyodkor”ning endi 19 ga qadam qo'ygan azosi Sardor Sobirxo'jaev klub safida xali asosiy tarkibdan muqim joy olmagan bo'lsa-da, o'smir va yoshlar terma jamoalari murabbiylari etiboriga allaqachon tushib ulgurgan. 2010 yil Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionati, 2011 yilgi Meksika Jahon chempionati, 2012 yil BAA dagi Osiyo chempionati, 2013 yilgi Turkiya Jahon chempionati bahslarida deyarli barcha o'yinlarda maydonga tushgan Sardorni SHuxrat Maqsudov Omanda ilk martta tashkil etilgan U-22 qita birinchiligiga ham taklif etdi. Va jamoaning eng yosh azosi bo'lishiga qaramay, Sobirxo'jaevni Xitoy bilan bo'lgan ilk uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Lekin shu kuni Sardorga o'yin oxirigacha xarakat qilish nasib etmadi. Ikkinchi bo'lim boshida u jarohat oldi va maydonni tark erta etishga majbur bo'ldi. Jarohat jiddiyligidan Sobirxo'jaev nafaqat qolgan o'yinlarni tomoshabin sifatida kuzatdi, balki “Bunyodkor”ning Dubaydagi yig'iniga ham qo'shilmay Toshkentga qaytib keldi. Biz Sardor bilan uchrashib, bazi masalalarga oydinlik kiritdik.

- Jarohat qay tariqa sodir bo'ldi?
- Yuqoridan kelayotgan to'pni bosh bilan qaytarish uchun sakraganimda raqib o'yinchi tirsagi bilan yon tomondan tos suyagimga qattiq zarba berdi. Zarba kuchliligidan suyaklarim zirqirab ketdi. Qattiq og'riq tufayli o'yinni davom ettira olmasligim darxol oydinlashdi. Murabbiylardan almashtirishlarini o'zim so'radim va maydonni tark etdim.

- SHifokorlarning keyingi xulosasi qanday bo'ldi?
- Tos suyagi xarakatlantiruvchi azo bo'lgani sababli og'riq qolmaguncha to'liq yugura olmasdim. SHu bois safarimiz oxirigacha fizioterapeya muolajalarini olish bilan birga faqat engil yugurish bilan cheklandim. Bu uzoq davom etadigan muolaja bo'lgani tufayli, “Bunyodkor”ning Dubaydagi yig'iniga ham qo'shila olmadim va Mirjalol Qo'shoqovich bilan maslahatlashgandan so'ng Toshkentga qaytdim.

- Xozir vaziyat qanday?
- Fizioterapeya muolajalarini bu erda ham davom ettirayapman va yoshlar tarkibida shug'ullanmoqdaman. Hozircha faqat individual yugurish bilan mashg'ulman. Nasib qilsa hafta oxirigacha umumiy guruhga qo'shilaman. Hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, “Bunyodkor”ning Turkiyada tashkil etiladigan yig'inida asosiy tarikibga qo'shilish niyatidaman...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика