So’nggi yangiliklar

14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  1 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  1 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  3 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  6 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  7 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5

"Bunyodkor" Simonenko oldidagi qarzdorlikni Ashurmatovning transferi orqali to'lashi mumkin Yangiliklar

"Bunyodkor" Simonenko oldidagi qarzdorlikni Ashurmatovning transferi orqali to'lashi mumkin

FIFA Toshkentning "Bunyodkor" klubiga ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzini to'lashi kerakligi borasida xat yuborgan.

Buni "Bunyodkor" klubi bosh direktori Murod Aliev tasdiqladi.

FIFA "Bunyodkor"ga bir necha kun ichida Simonenko oldidagi qarzni butunlay uzishi kerakligi haqida ogohlantirgan. Aks holda jamoa elitadan quyi divizionga, yani PRO-ligaga tushirib yuboriladi.

Xush, "Bunyodkor" mazkur masalani qay tariqa echadi?

Bu savolga javob olish maqsadida saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov "Bunyodkor" rahbariyati bilan bog'landi.

Klub bosh direktori Murod Alievning bizga malum qilishicha, FIFA talabi va Sergey Simonenko oldidagi qarz tez orada uzilishi kerak. Har holda klub rahbariyati mazkur masala ustida bosh qotirmoqda. Murod Aliev tez orada klub prezidenti qabuliga kirib Simonenko masalasini hal etish harakatida.

"Bunyodkor" klubi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlikni himoyachisi Rustam Ashurmatovni sotish orqali to'lashi mumkin. Ayni paytda "Paxtakor" klubi Rustam Ashurmatovning xizmatlari qiziqish bildirmoqda va himoyachini sotib olish bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqan. Hozirda mazkur transfer masalasi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Agarda muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Ashurmatov faoliyatini "Paxtakor" bilan bog'laydi. "Bunyodkor" esa transferdan tushgan mablag'lar evaziga qarzdorliklarni yopishga urinib ko'radi.

"Bunyodkor" bosh direktori Murod Aliev ayni paytda mazkur masala va muammo ustida bosh qotirmoqda hamda o'z ananalariga ega jamoani elitada saqlab qolish uchun klub oxirigacha kurashishini takidlab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor"da o'ynab ketgan Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik tufayli yaqinda O'FA FIFA talabi bo'yicha "qaldirg'ochlar"dan 6 ochkoni olib tashlagandi.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика