"Bunyodkor" safiga xorvatiyalik himoyachi qo'shildi
11 fev 2016 12:13
Yangiliklar


"Bunyodkor" safiga xorvatiyalik himoyachi qo'shildi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olgach o'z safiga yana bir legionerni qo'shib oldi.
1986 yilda tug'ilgan xorvatiyalik Yurica Bulyat o'tgan mavsumni Ukrainaning "Metallist" klubida o'tkazgan. Markaziy himoyachi Xorvatiya terma jamoasi safida 2ta o'yinda maydonga tushgan. U faoliyati davomida "Zadar" va "Xayduk" (Xorvatiya), "Makkabi Xayfa" (Isroil), "Energi" (Germaniya), "Metallist" (Ukraina) kabi klublar sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar