So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

“Bunyodkor” raqiblarida nima gap? Yangiliklar

“Bunyodkor” raqiblarida nima gap?

Bugun “Bunyodkor” OCHL 2-turidan o'rin olgan uchrashuvni Qatarning “AL Jaish” klubiga qarshi o'tkazadi.
O'yin “Paxtakor” stadionida 17:00da boshlanadi. Oradan bir soat o'tib Eronda guruhdagi ikkinchi o'yin “Fulad” – “Al Fath” bahsi start oladi. Bunda qayd etiladigan natija ham “qaldirg'ochlar” uchun juda muhim.

Ayni paytda guruhdagi to'rttala jamoa ham 1 ochkodan ega. Kim g'alaba qozonsa, turnir javalida yuqoriga ko'tarilib oladi. “Al Fath” – Saudiyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Lekin jamoa bu yilgi mavsumda o'zini ko'rsata olmayapti. “Al Fath” 14ta jamoa orasida 7-o'rinda boryapti.

“Biz uchun “Fulad” bilan kechadigan bahs juda muhim, - deydi saudiyaliklar ustozisi Fathi Al Jabal. – Har ikki jamoa yutishni xohlayapti, demak bizda ham imkon bor. “Fulad” birinchi turda yaxshi taassurot qoldirdi, biz ularning o'yini haqida malum tasavvurga egamiz. Tarkibdagi barcha futbolchilar bu o'yinga tayyor. Safimizda jarohat olganlar yo'q”.

“Fulad” bosh murabbiyi Hosseyn Faraki klubni ajoyib tarzda boshqarmoqda. “Fulad” Eron chempioni bo'lishga juda yaqin turibdi. Bugungi o'yinda maydon egalari safida hujumchi Arash Afshin tusha olmaydi.

“Menga malum bo'lishicha, Saudiya klubi bizdan uch ochko olmoqchi ekan. Bunday niyat yaxshi, lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Hammasini maydondagi o'yin ko'rsatadi. OCHLda o'ynash borasida “Fulad” aytaylik, “Bunyodkor” singari katta tajribaga ega emas, biroq biz ham o'zimizni ko'rsatishni xohlaymiz”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика