"Bunyodkor" raqibi: “Al-Fateh” autsayderdan mag'lub bo'ldi
25 jan 2014 13:09
Yangiliklar


"Bunyodkor" raqibi: “Al-Fateh” autsayderdan mag'lub bo'ldi
Kecha Saudiya Arabistonining chempionatining 19-tur uchrashuvlariga start berildi.
“Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasidagi raqibi – “Al-Fateh” klubi mehmonda chempionatning autsayderlaridan biri – “Al-Faysali” jamoasiga qarshi to'p tepdi. Uchrashuvning birinchi bo'limini faol o'tkazishgan al-ahsaliklar 7-daqiqada Solomon Fuakuputuning goli evaziga hisobni ochishdi. Biroq ikkinchi bo'limda mezbonlar vakillari – Yasin Al-Baxit va Marselo Nikasio bittadan to'p kiritishib, yakunda “Al-Faysali”ning g'alabasini taminladilar.
“Al-Fateh” 19 uchrashuvda 21 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi.
“Al-Fateh” 19 uchrashuvda 21 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 9-pog'onasini egallab turibdi.

Fikrlar