So’nggi yangiliklar

11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  5 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  3 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  1 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  5 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  7 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  7 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5 01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  5 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  3 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  8 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  9

"Bunyodkor" qiyinchilik bilan g'alaba qozondi Yangiliklar

"Bunyodkor" qiyinchilik bilan g'alaba qozondi

Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Oliy liga, 23-tur.

Bunedkor (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax) 1:0
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Gol
: Vohid SHodiev (10)

"Bunyodkor"
: Pavel Bugalo, Akmal SHorahmedov, SHukurali Po'latov, Anvar G'ofurov, Minori Sato (Pishur, 74), Ivan Miloshevich, Vohid SHodiev (Alibobo Rahmatullaev, 81), Samir Bekrich (Dilshod Jo'raev, 66), Sardor Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev, Oleg Zoteev.
Zaxira
: Akbar To'raev, Dilshod Jo'raev, Alibobo Rahmatullaev, Anvar Berdiev, Oleksandr Pishur, Islom Inomov, Ergash Ismoilov.

"So'g'diyona"
: Oleksandr Melenchuk, Ilhom Komilov, Ayubxon No'monov, Rustam Azamov, Orif Mamajonov (Bobur Qosimov, 44), Sardor Eminov (Ilyos Qurbonov, 73), Vusol Mageramov, Suxrob Berdiev, Salamat Qutiboev, Sobir Hamidov (Jasur Hakimov, 63), Oleksandr Koblash.
Zaxira
: SHirinboy Abdullaev, Ilyos Qurbonov, Jasur Hakimov, Sanjar Rashidov, Akmal Abdurahmonov, Bobur Qosimov, Asiljon Begimqulov.  

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Bunyodkor" qiyin kechgan uchrashuvda uch ochkoni ishlab olishga erishdi. "So'g'diyona" esa garchi yutqazgan bo'lsada, uchrashuvni juda yaxshi o'tkazdi. "Bunyodkor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Keyingi uchrashuvlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


89`
Mehmonlarning navbatdagi hujumi ham besamar yakunlanmoqda.


88`
"So'g'diyona" jarima to'pi ishlab oldi va tezlik bilan uni amalga oshirishdi. Ammo bu narsa ularga foyda keltirmadi.


86` Oleg Zoteev!
Aleksandr Melenchuk Zoteevning zarbasini ham mahorat ko'rsatib qaytarib qolmoqda.


85`
To'p bilan "Bunyodkor" vakillari. Ular imkon boricha to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishni istashmoqda.


83`
O'yin tobora yakuniga etib bormoqda. Hisob esa xamon o'sha-o'sha 1:0. "So'g'diyona" istalgan paytda vaziyatni o'nglab olishi mumkin.


81`
"Bunyodkor"da o'zgarish. Uchrashuvdagi yagona bo'lib turgan gol muallifi Vohid SHodiev o'rniga Alibobo Rahmatullaev tushirildi.


79`
Yana Rashidov! Sardor Rashidov o'zining tezligi evaziga raqib himoyachisini ortda qoldirdi va bu safar to'pni sherigi Pishurga uzatdi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan legioner hujumchining zarbasi juda noaniq ketdi.


77`
Sardor Rashidov!!!!!!!!!! Bugun Sardor Melenchuk darvozasini ishg'ol etishni juda istamoqda. Ammo har vaziyatda raqib posboni yoki himoyachilar unga qarshilik qilib qolishmoqda. Sardor Rashidov uchrashuvda ko'p bora imkoniyatlarga ega bo'ldi, lekin ulardan foydalanishga kelganida oqsamoqda.


75`
Sergey Lushan ikkinchi hujumchini maydonga tushirdi. Hisob qaltis va tashabbus "So'g'diyona" tarafida. SHu bois, "qaldirg'ochlar" ustozi vaziyatni engillashtirish uchun etiborni hujumga qaratishni lozim topdi.


74`
"Bunyodkor" ham o'zgarish amalga oshirdi. Sato Minori o'z o'rnini Oleksandr Pishurga bo'shatib berdi.


73`
"So'g'diyona"da so'nggi o'zgarish. Sardor Eminov o'rniga Ilyos Qurbonov tushirildi.

71` XAVFLI VAZIYAT! Sardor Rashidov!
Qanday bu vaziyatdan foydalanmaslik mumkin? Rashidov Melenchuk bilan yakkama-yakka chiqib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi. Ammo Aleksandr Melenchuk bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Vohid SHodiev esa Rashidovga etiroz bildirmoqda. Haqli etiroz. Rashidov o'zidanda qulayroq turgan SHodievga to'pni uzatmadi.


70` XAVFLI VAZIYAT! Bobur Qosimov!
Qanday vaziyat ko'kka sovurilmoqda. Bobur Qosimovga jamoadoshi qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Amoo Bugalo bilan yuzma-yuz qolgan Qosimov mo'ljaldan adashdi.


69`
Burchak to'pidan keyingi vaziyat mezbonlar futbolchisi o'yin qoidasini buzdi. Jarima to'pidan etkazib berilgan to'pni esa Bugalo mushtlari bilan jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi.


68`
Ayubxon No'monov tepgan to'p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pi.


66`
"Bunyodkor" safida o'zgarish. Samir Bekrich o'rniga Dilshod Jo'raev tushdi.


65` Melenchuk!
"So'g'diyona" posboni jamoasidan goldan qutqarib qolmoqda. Sardor Rashidov darvozabon bilan birga-bir chiqqandi. Lekin Aleksandr Melenchuk chaqqon harakat qildi va to'pni egallab olishga erishdi.


63`
"So'g'diyona"da o'zgarish. Sobir Hamidov o'rniga Jasur Hakimov maydonga tushirildi.


61` Pavel Bugalo!!!!! "So'g'diyona"ga tasanno! Ajoyib hujum!
Berdievning bu galgi zarbasini Bugalo moxirlik bilan qaytarib qoldi.


60`
"Bunyodkor" qarshi hujum tashkil qildi. Ammo qanot hakami bu vaziyatda bayroqchasini ishga soldi va o'yindan tashqari holatni qayd etdi.


59`
Xavfli vaziyat! "So'g'diyona" hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Oleksandr Koblash! Ajoyib zarba! To'p darvoza to'siniga tegib qaytmoqda.


58` Sardor Rashidov hisobni oshirishi mumkin edi. Ammo uning darvoza tomon tepgan zarbasi noaniq ketdi.


57`
Suhrob Berdiev! "So'g'diyona"ning javobi! Suhrob Berdievning yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.


56`
Sardor Rashidov! Jarima to'pini Rashidov qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi, ammo Melenchuk ham to'p yo'nalishini kuzatib turgandi va zarbani qaytarib yuborishga erishdi.


55`
Ilhom Komilov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi.


53`
Ha, bugun o'yinda mehmonlar ustunlik qilishmoqda. Hozircha jizzaxliklarning ketma-ket hujumlarini yakunlaydigan futbolchi topilmayapti.


51`
Sardor Sobirxo'jaev Sardor Rashidovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubormoqchi bo'ldi. Ammo uning uzatmasi kuchliroq chiqdi va to'pga birinchi bo'lib Melenchuk egalik qildi. 


49`
"So'g'diyona" burchak to'pi tepdi. Lekin ushbu standart vaziyati ham mehmonlar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.


47`
"So'g'diyona" hujumkorlik bilan ikkinchi bo'limni boshladi. Suhrob Berdievning urinishini mezbonlar himoyachilari bartaraf etib qolishdi.


46` Ikkinchi taym boshlandi.


- BIRINCHI BO'LIM TUGADI. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44`
"So'g'diyona" tarkibida o'zgarish. Orif Mamajonov o'z o'rnini Bobur Qosimovga bo'shatib berdi.


44`
Sardor Rashidovdan "firmennyy" zarba! To'p jonli devordan o'tib to'g'ri darvozaga borayotgan bir paytga himoyachi boshi bilan yo'nalishni o'zgartirib yubordi. Zarba chiroyli va kuchli chiqqandi.


43`
Vohid SHodiev nisbatan maydon markazi oldida qo'pollik ishlatildi.


41`
"Bunyodkor" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bundan samara chiqmadi.


40`
"Bunyodkor" hujum uyushtirdi. Vohid SHodiev qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni qulay turgan sherigiga tashlab bermoqchi bo'ldi. Ammo mehmonlar himoyachisi jamoasi joniga oro kirdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


39`
Sergey Lushan jamoasi kiritilgan goldan so'ng o'yinni deyarli raqibga berib qo'yishdi.


37`
Pavel Bugalo navbatdagi zarbani ushlab oldi. Zarba kuchli chiqmadi, ammo darvozaga aniq kelgandi. Hozircha Pavel Bugalo hamkasbi Aleksandr Melenchukdan ko'ra ko'proq ter to'kmoqda.


36`
"Bunyodkor" tezkor qarshi hujum tashkil etgandi. Ammo Oleg Zoteevning noto'g'ri harakati evaziga to'p maydondan chiqib ketdi.


35`
Ustunlik to'liq mehmonlar tomonga o'tgan.


33`
Vusol Magerramovning jarima maydonchasi ichiga uzatib bergan to'piga Suhrob Berdiev boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


32`
"Bunyodkor" etiborini himoyaga qaratishga majbur bo'lmoqda.


30` Xavfli zarba!
Suhrob Berdiev! "So'g'diyoga" futbolchisining chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini Pavel Bugalo qiyinchilik bilan bartaraf etib yubordi.


29`
"So'g'diyona" raqibga bosim uyushtirishda davom etmoqda.


26`
Vohid SHodiev darvoza tomon kirib borayotganda himoyachi uni to'xtatib qolishga erishdi.


25`
"So'g'diyona" o'z hujumlari bilan maydon egalarini himoyalanishga majbur etmoqda.


23`
"So'g'diyona" yana bir standart vaziyatidan unumli foydalana olmadi.


20`
Xavfli vaziyat! Sato Minori jamoadoshi Vohid SHodiev bilan "devor" uslubida o'ynadi va jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroz noaniq.


19`
Suhrob Berdievning jarimadan etkazib bergan to'pini Pavel Bugalo egallab oldi.


17`
Jamoalar ko'proq to'pni o'zlarida saqlashga intilishmoqda. Hujumlar seriyasiga biroz tanaffus elon qilindi. To'p asosan maydon markazida o'ynalmoqda.


15`
Ha aytgancha, maydonning holati deyarli ideal darajada.


13`
Oleksandr Koblash! Jizzaxliklar legioneri jarima maydonchasi atrofidan Pavel Bugalo darvozasi tomon zarba berdi. Ammo Bugalo bu vaziyatda ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.


12`
"So'g'diyona" ham yomon emas. Mehmonlar qo'rqmasdan hujum qilishmoqda. "Bunyodkor"ning goliga javoban jizzaxliklar xavfli hujum tashqil qilishdi. Oleksandr Koblash ikki himoyachidan o'tib ketdi va to'pni darvozaga yo'llashda biroz kech qoldi. So'nggi pallada himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 


11` Sardor Rashidov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va raqib posbonini aldab o'tib, to'pni ochiq turgan sherigi Vohid SHodievga tashlab berdi. Vohid SHodiev esa bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol etdi, 1:0.


10` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VOHID SHODIEV!


9`
"Bunyodkor" etakchisi Sardor Rashidov bugun o'zi tug'ilib o'sgan viloyat jamoasiga qarshi to'p tepmoqda.


8`
Sardor Rashidov boshlagan hujum o'z nihoyasiga etmay qoldi.


7`
Sobir Hamidovning tepgan to'pi noaniq ketdi.


6`
Mehmonlar hujum qilishda davom etishmoqda. CHamasi 25 metrlar masofadan jarima zarbasi tepishadi.


5`
"So'g'diyona" o'ng qanot bo'ylab oldinga o'tdi. Vusol Magerramovning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'piga Koblash zarba bera olmadi.


3` O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Hozircha hech bir jamoada katta ustunlik yo'q.
 

Uchrashuv boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan reportajimizni boshlaymiz.


- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика