“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga Bahrom Nazarov va Nilufar Usmonova tashrif buyuradi
06 mar 2018 19:00
Yangiliklar
“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga Bahrom Nazarov va Nilufar Usmonova tashrif buyuradi
Superliga 2-turining markaziy uchrashuvi so'zsiz “Bunyodkor” – “Paxtakor” qarama-qarshiligi bo'ladi.
Birinchi tur shuni ko'rsatib berdiki, xoh u vodiy bo'lsin, xoh u voha yoki Toshkent, muxlislar stadionlarga qaytmoqda.
“Bunyodkor” futbol klubi 10 mart oqshomidagi Toshkent derbisida muxlislar tashrifini yanada oshirish maqsadida “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan va tanaffus vaqtida estradamiz yulduzlari ishtirokida koncert dasturi tashkil etmoqda.
SHu kuni muxlislar “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi shiddatli futbol bilan bir qatorda o'zbek shou-biznesi yulduzlari – Nilufar Usmonova va Bahrom Nazarov ijrosidagi qo'shiqlardan ham bahramand bo'ladilar.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar