Bunyodkor - Paxtakor. O'yinoldi yig'ilish bo'lib o'tdi
30 mar 2019 16:12
Yangiliklar


Bunyodkor - Paxtakor. O'yinoldi yig'ilish bo'lib o'tdi
Ertaga Superliganing 2-tur doirasida Bunyodkor - Paxtakor uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugun mazkur bellashuv oldidan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni uchrashuv komissari Aleksandr Davidenko olib bordi va klub masullari bilan o'yinga bog'liq tashkiliy masalalarni muhokama qildi.
SHuningdek, ertangi bahsda jamoalar qaysi rangdagi liboslardan foydalanishi ham malum bo'ldi. Unga ko'ra, «Bunyodkor» azolari to'liq ko'k rangdagi liboslarda harakat qilsa, «Paxtakor» to'liq oq rangdagi libosdan foydalanadi.
Eslatib o'tamiz, CocaCola Superliganing 2-tur doirasidan o'rin olgan «Bunyodkor» - «Paxtakor» uchrashuvi ertaga soat 17:00da «Paxtakor» markaziy stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar