"Bunyodkor" - "Paxtakor". CHeran va Alijonov o'ynamaydi
25 noy 2019 15:42
Yangiliklar


"Bunyodkor" - "Paxtakor". CHeran va Alijonov o'ynamaydi
Bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlardan ilk o'zaro o'yinlardan boshlab juda keskin va qiziqarli kechishi bilan ajralib turadi. "Bunyodkor" CHempionlar Ligasiga yo'llanma olishga intilayotgani sababli uchrashuv yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi.
CHempionatlarda jamoalar 27 o'yinda maydonga tushishgan. "Paxtakor" 10 g'alaba, 9 durang va 8 mag'lubiyatni qayd etgan. Raqib darvozasiga 29 to'p kiritilib, 27 gol o'tkazib yuborilgan. Safardagi bellashuvlarda 3 g'alaba, 4 durang hamda 7 mag'lubiyat kuzatilgan. Oxirgi o'zaro o'yinlarning 4tasida "SHerlar" ustun kelishgan.
"Bunyodkor"ga qarshi bahsni "Paxtakor"dan Dragan CHeran va Hojiakbar Alijonov sariq kartochkalar bilan bog'liq diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradi.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 27 noyabr, chorshanba kuni soat 16:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Paxtakor Igor Sergeyev - 39', Igor Sergeyev - 67' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 3
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Nurillo To'xtasinov - 11', ZHavohir Qahramonov - 24', Xurshid G’iyosov - 90' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar