"Bunyodkor": Ozodbek Nazarbekovdan minnatdormiz!
04 dek 2013 21:38
Yangiliklar


"Bunyodkor": Ozodbek Nazarbekovdan minnatdormiz!
Bayram kechasidagi xonandalar chiqishlarini O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ochib berdi. Etiborlisi aynan Nazarbekov tomonidan “Bunyodkor” FK uchun kuylangan madhiya tadbirda yangragan ilk tarona bo'ldi. Elimiz suygan xonanda “Bunyodkor” qo'shig'ini jonli ravishda ijro etib, marosim qatnashchilarini xushnud etdi.
Ozodbek Nazarbekov o'z chiqishini yakunlagach, unga “Bunyodkor” azosi Anvar G'ofurov minnatdorchilik diplomini topshirdi. Ushbu esdalikda quyidagi satrlar bitilgan.
2013 yil “Bunyodkor” futbol klubi uchun juda ham omadli bo'ldi. Asosiy jamoamiz o'z tarixida beshinchi marotaba O'zbekiston chempionligini va to'rtinchi bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, yoshlarimiz klubning poydevori mustahkam ekanligini amalda isbotlab, O'zbekiston yoshlar ligasida g'olib chiqdilar.
Bu muvaffaqiyatlarga erishishimizda, shubhasiz, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning xizmatlari beqiyosdir! "Bunyodkor" futbol klubi jamoasi Ozodbek Nazarbekovning katta yordamini har doim va har erda his etib turadi.
Biz bilan birga ekanligingizdan minnatdormiz!
P.S.Takidlash joizki, joriy mavsumda “Bunyodkor”ning uy uchrashuvlari tanaffus paytida Ozodbek Nazarbekovdan tashqari yana bir qator estradamiz yulduzlari ham ishtirok etishdi. Ana shunday xonandalardan SHoxjahon Jo'raev, Davron Ergashev, Alisher Fayz, Samandar Hamroqulov, Larisa Moskalyova, Valijon SHamshiev, Otabek Mutalxo'jaev, Ravshan Sobirov, Ulug'bek Ismoilov, Orolmirzo Safarov, “SHod” va “Zarba” guruhlariga “Bunyodkor” FK o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Fikrlar