So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  13 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  9 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

“Bunyodkor” o'z taqdimotini namoyish etdi Yangiliklar

“Bunyodkor” o'z taqdimotini namoyish etdi

OFK seminari ikkinchi kungi tadbirlarning eng so'nggilaridan biri bu – klublarning o'zlari haqidagi maluotlar bilan guruhdoshlarini tanishtirish edi.
“Bunyodkor” FK vakillari klub nafaqat “V” guruhining balki musobaqaning eng tajribali jamoalaridan biri ekanligini ushbu taqdimot orqali isbotlab berishdi.

Toshkent xalqaro aeroporti, shahri, poytaxtimizdagi mehmonxonalar, mashg'ulot maydoni, asosiy maydon, stadionda jamoa azolari va matbuot vakillariga yaratilgan shart-sharoitlar va shu kabi malumotlar yozilgan video disk bilan birgalikda ushbu qo'llanmalar kichik kitobcha ko'rinishida chop etilib “Al-Fateh” (Saudiya Arabistoni) va “Fulad” (Eron) jamoalari vakillariga etkazildi.

Bu borada ham guruhimizdagi raqiblarimiz tajribasizroq ekanligi bilinib qoldi: “Al-Fateh” ham, “Fulad” ham bizga o'zlari haqida malumot etkazishmadi.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda davom etayotgan OFK seminarining ikkinchi kunida klublar o'z liboslarini namoyish etishdi.

“V” guruhi vakillari ichida “Bunyodkor” jamoasining formalar to'plamiga hech qanday etiroz bildirilmadi. Tashkilotchilar jamoamizning uy-safar formalari, o'yinoldi mashg'ulotida kiyadigan liboslari, o'yingacha va undan keyin jamoaviy ko'rinishda kiyiladigan kiyimlari, jamoa sardori bog'ichi va shu kabilarni sinchikovlik bilan tekshirishdi. Asosiy talab liboslardagi raqamlar va homiylar nomlari belgilangan o'lchamdan ortib ketmasligi bo'ldi.

Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubi Osiyo CHempionlar ligasida debyut mavsumini o'tkazayotganligi shundoqqina bilinib turardi. Bu jamoa vakillari tahminan 50-55 daqiqa liboslarini taqdim etishdi. Ularning tekshiruvi cho'zilishining asosiy omili sifatida jamoa homiysining logotipi haddan ziyod ko'p joylarga yopishtirilganligi va liboslardagi raqam o'lchovlari buzilganligi bo'ldi. Eroning “Fulad” klubi ham musobaqa havosidan endi ikkinchi marotaba nafas olayotgani sezildi. Bu jamoa vakillarida ham bazi kamchiliklar ko'zga tashlandi.

10-11 dekabr kunlari Malayziyada o'tgan OFK seminari o'z yakuniga etdi.

Seminarning dastlabki kunida OFK vakillari yangi qoidalar va musobaqaning tashkiliy ishlari yuzasidan o'z maruzalarini o'qishgan bo'lsa, ikkinchi kunda klublar o'zlari haqida malumotlar berishdi.

Seminar davomida “Bunyodkor” FK Osiyoning eng ko'zga ko'ringan klublaridan biri ekanligini har tomonlama isbotlay oldi. Buni OFK mutasaddilari o'zaro suhbatlarda bot-bot takidlashdi.

Tadbirni tantanali yopilish marosimida OFK bosh kotibi Aleks Susay nutq so'zlab, barchaga minnatdorchilik bildirdi. Ikki kun davom etgan OFK seminari o'z ishini yakunladi. Endi musobaqa startini intizorlik bilan kutamiz.

Bahodir MIRZAEV
Kuala-Lumpur, Malayziya
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика