"Bunyodkor" o'z darvozabonlariga ishonadi
12 dek 2013 17:20
Yangiliklar

"Bunyodkor" o'z darvozabonlariga ishonadi
Bugun Eldor Suyunovga "Bunyodkor"dan qiziqish bo'layotganligi haqidagi xabarni bergan edik. Ushbu xabar yuzasidan "Bunyodkor" FK "SA"ga munosabat bildirdi.
Unga ko'ra, jamoa Suyunov bilan qiziqmagan. Ayni paytda klub ixtiyorida ikkita saviyali posbonlar, Murodjon Zuxurov va Akbar To'raev bo'lib, 2014 yil mana shu yigitlarga ishonch bildirilishi haqida malumot berishdi.
Yana malum bo'lishicha, jamoa ertadan boshlab o'z yig'inini boshlaydi. Avvaliga klub azolari "Bunyodkor" stadionida tibbiy ko'rikdan o'tadilar. SHundan so'ng yangi mavsum oldidagi birinchi mashg'ulotlar boshlanadi. Mashug'lotlar 28 dekabrga qadar Toshkentda o'tkazilinadi. Yangi yildan so'ng esa horijda yig'in o'tkazish rejalashtirilgan.

Fikrlar