"Bunyodkor" Oliy ligadagi 600-golini urdi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2017, 15:42
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi O'zbekiston chempionatida o'zining yubiley, 600-golini kiritdi.

Ushbu yubiley golga "qaldirg'ochlar" himoyachisi Akrom Komilov mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" uchun ushbu mavsum O'zbekiston chempionatidagi 11-mavsum hisoblanadi. Ushbu 11ta mavsum davomida toshkentliklar 310ta o'yin o'tkazganlar.

Bungacha bo'lib o'tgan 309ta o'yinda "Bunyodkor" 215 g'alaba, 60 durang va 34 mag'lubiyat qayd etgan. O'tkazib yuborilgan gollar soni esa ayni paytda 176tani tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia