“Bunyodkor” OCHL-2014dagi uy uchrashuvlari vaqtini tasdiqladi
03 jan 2014 11:29
Yangiliklar


“Bunyodkor” OCHL-2014dagi uy uchrashuvlari vaqtini tasdiqladi
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarining boshlanish vaqtlarini OFKga taqdim qildi.
Unga
ko'ra, “qaldirg'ochlar” 11 mart kuni 2-tur doirasida Eronning “Fulad”
klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni soat 17:00da boshlashadi. 19
martdagi 3-turning pley-off g'olibi bilan kechadigan bahs esa 18:00ga
mo'ljallangan. Va nihoyat, 16 aprel sanasida “Bunyodkor” Toshkentda Saudiya
Arabistoni chempioni “Al-Fateh” jamoasini qabul qiladi. 5-turdan o'rin
olgan bu o'yin boshlanishi ham 18:00ga rejalashtirilgan.

Fikrlar