“Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvi hakamlari
18 may 2015 14:02
Yangiliklar


“Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvi hakamlari
Ertaga, 19 may kuni “Bunyodkor” mamlakat kubogi nimchorak finali birinchi uchrashuvlari doirasida poytaxtning “Obod” jamoasini qabul qiladi.
O'zPFL ushbu uchrashuvga tayinlangan
hakamlarni elon qildi. Unga ko'ra, “Bunyodkor” – “Obod” uchrashuvini
buxorolik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib
borishadi.
Qayd etish kerakki, Ilgiz Tantashev bungacha “Bunyodkor” ishtirokidagi to'rtta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan.
Qayd etish kerakki, Ilgiz Tantashev bungacha “Bunyodkor” ishtirokidagi to'rtta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan.
O'zbekiston kubogi-2015
1/8 final. Birinchi uchrashuv
19 may, seshanba
“Bunyodkor” stadioni. Soat 19:00
“BUNYODKOR” – “OBOD”
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Artyom Kalinin (Qarshi), Aleksandr Sidirov (Toshkent)
Zahira hakami: Ahmadjon Ergashev (Toshkent)
Hakamlar nazoratchisi: Alisher Abdullaev

Fikrlar