So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:1. "Bunyodkor" g'alaba qozondi! Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:1. "Bunyodkor" g'alaba qozondi!

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi boshlanmoqda.
 

Bunyodkor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)  2:1.
17 aprel 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Qo'ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
UzPFL vakili:
A. Mo'minov.

Gollar:
Anvar G'ofurov 55, Dostonbek Hamdamov 70 - Sanat SHixov 88.

"Bunyodkor":
1.Pavel Bugalo, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 7.SHaker Zuagi, 11.Mirzoxid G'ofurov (21.Sardor Rashidov 54), 13.Ivan Miloshevich, 14.Voxid SHodiev (40.Temur Ayupov 77), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Samir Bekrich (15.Obid Jo'raboev 67), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 48.Akramjon Komilov.
Zaxira: 25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal SHorahmedov,  16.Artyom Filiposyan, 19.Zabixillo O'rinboev.

"Navbahor":
46. Xurshid Xo'jaev, 2. Alisher Samatov, 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 9. Ilhom Boydedaev, 11. Otabek Valijonov (22. SHahboz Erkinov 64), 20. Ulug'bek Baqoev(25.Mo'ydin Mamazulumov 77), 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov (91.Sergey Georgiev 71), 50. Yuriy Rijko, 89. Bobir Akbarov.
Zaxira: 1.Aleksandr Melenchuk, 4.Timur Kagirov,  6.Sunnatilla Mamadaliev, 10.Alisher Mahmudov.

Ogohlantirishlar:
Robbim Hasanov 21, Doston Hamdamov 26, Ulug'bek Baqoev 39, Obid Jo'raboev 83.


90+3. Uchrashuv yakunlandi!

90+2. Zarbaaa! Sardor Rashidov deyarli birga-bir vaziyatdan gol kirita olmadi.

90.
Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun hakam 3 daqiqa qo'shib berdi.

88. GOOOOLLL!!! Sanat SHixovdan ajoyib zarba va ajoyib gol!!!!! U chamasi 25-30 metrlardan zarba berib, darvozaning "to'qqizligi"ni poyladi - 2:1!

85.
"Bunyodkor" hujumchisi Ayupov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

83.
Obid Jo'raboev Samatovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

81.
Gol. Biroq Ayupov o'yindan tashqari holatda edi. Hisob o'zgarmadi. Davom etamiz!

79.
O'yinni stadionda 1812 nafar muxlis tomosha qilmoqda.

78. O'zgarishlar."Navbahor" tarkibida Ulug'bek Baqoev o'rniga Mo'ydin Mamazulunov maydonga tushirildi. "Bunyodkor" tarkibida esa Vohid SHodiev o'rniga Temur Ayupov o'yinni davom ettiradi.

75.
Obid Jo'raboevdan navbatdagi kuchsiz va umuman keraksiz zarba.

73.
Zarbaaaaa! Sanat SHixovning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq ketgan bo'lsada, havfli ko'rinish oldi.

71. "Navbahor" tarkibida o'zgarish. Jabborov o'rniga Georgiev maydonga tushdi.

70. GOOOOOLLLL!!! Dostonbek Hamdamovdan ajoyib gol! Sardor Sobirxo'jaev oshirib bergan to'pni o'ng qanotdan chap oyog'ida raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 2:0!

68.
SHaker Zuagi Rashidov tomonidan uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

67. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish. Bekrich o'rniga Obid Jo'raboev o'yinni davom ettiradi.

66.
Sobirxo'jaev maydonga qaytdi.

65.
Uxxxx... Hayrulla Karimovning bergan kuchli zarbasi Sardor Sobirxo'jaevning yuziga tegdi. Unga ayni paytda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

64. Mehmonlar tarkibida o'zgarish. Otabek Valijonov o'rniga SHahboz Erkinov maydonga tushirildi!

62.
Sardor Rashidov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

60.
Sanat SHixov zarba berdi. Biroq ancha noaniq!

55. GOOOOOL! Anvar G'ofurov gol muallifi!  Dostonbek Hamdamov boshi bilan etkazib bergan to'pni tuxtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 1:0!

54. Mezbonlar tarkibida Sardor Rashidov maydonga tushdi. Mirzohid G'ofurovning o'rniga!

52.
Hayrulla Karimovning xatosidan so'ng namanganliklar qarshi hujumga o'tishgandi. Ammo, Sanat SHixov ajoyib vaziyatni ko'kka sovurdi!

50.
Ulug'bek Baqoevning chamasi 25 metrlardan bergan ajoyib zarbasi mezbonlar posboni qo'liga borib tushdi.

46.
Maydon markazida Xayrulla Karimov Baqoevni yiqitdi. Mehmonlar jarima to'pini amalga oshirishadi. Samatovning tepgan to'pini Bugalo ushlab oldi

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!

Tanaffus!

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+1.
Mirzohid G'ofurov yana bir noaniq zarba berdi.

45.
Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun bir daqiqa qo'shib berildi.

44.
Yana zarbaaaa! Vohid SHodievning zarbasini endi darvozabon qaytardi!

43.
Zarbaaaaa! Mirzohid G'ofurovning bergan zarbasi darvoza to'siniga tegmoqda! Ajoyib hujum uyushtirgandilar "Bunyodkor" vakillari!

39. Ulug'bek Baqoev maydon markazida simulyaciya ishlatgani uchun ogohlantirildi.

38.
Baqoev o'yindan tashqari holatda.

36.
Hamdamov SHixovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Fol v atake"!

33.
Sardor Sobirxo'jaevning bergan kuchli zarbasini darvozabon bartaraf etdi.

28.
Umuman olganda, o'yin keskin kurashlarga boy bo'lmoqda. "Jyostkiy" futbol namoyish etishmoqda jamoalar!

27.
Futbolchilar o'rtasida tushunmovchilik yuzaga keldi. Ular bir-birlari bilan kelisha olmay qolishdi. Hakam darrov borib vaziyatni tartibga soldi.

26. Doston Hamdamov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

24.
Vohid SHodiev raqib jarima maydonchasi ichida kurashga kirishdi. Uning boshi bilan bergan zarbasi ancha noaniq bo'ldi.

23.
Dilshod Jabborovning jarimadan bergan zarbasi raqib jonli devoriga tegib qaytdi.

21. Robbim Hasanovga sariq kartochka ko'rsatildi.

19.
Sanat SHixov himoyachilarning xatolaridan foydalanib Bugalo darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Biroq, u ozgina shoshdi.

16.
Ikkala jamoaning murabbiylari o'rnilaridan turgancha o'z shogirdlariga ko'rsatmalar berishmoqda.

13.
Valijonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

11.
  Azim Ahmedov tomonidan oshirib berilgan to'pga SHixov etib bora olmadi. Aks holda, havfli vaziyat guvohiga aylanishimiz mumkin edi.

9.
Otabek Valijonov o'ng qanotdan yorib kirishga harakat qildi. Ammo, kutilmaganda yiqilib tushdi.

8.
Mirzohid G'ofurov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo, lekin, biroq... O'yindan tashqari holat! Unga to'pni Samir Bekrich oshirib bergandi.

7.
Bekrichning zarbasini Dilshod Jabborrov bartaraf etdi.

6.
Robbim Hasanov maydon markazida Anvar G'ofurovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

4.
Mehmonlar himoyachilari hozircha raqib futbolchilariga hujum qilish imkonini bermayaptilar.

2.
Dastlabki hujum toshkentliklar tomonidan uyushtirildi. Akrom Komilovning bergan zarbasi yuqoriga qarab ketdi.

1.
O'yinni "Navbahor" futbolchilari boshlab berishdi.

Boshladik!

Mezbonlar oq libosda, mehmonlar esa sariq rangli libosda harakat qiladilar.


Jamoalar maydonga chiqib kelmoqdalar.


Ha, aytgancha! "Navbahor" jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun 300 dan ortiq muxlis tashrif buyurgan!


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionidan yozamiz! Oliy Liga 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yini boshlanishiga bir necha daqiqalar qolmoqda!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Bunyodkor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)  2:0 LIVE
17 aprel 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Qo'ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
UzPFL vakili:
A. Mo'minov.

Gol:
Anvar G'ofurov 55, Dostonbek Hamdamov 70.

"Bunyodkor":
1.Pavel Bugalo, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 7.SHaker Zuagi, 11.Mirzoxid G'ofurov (21.Sardor Rashidov 54), 13.Ivan Miloshevich, 14.Voxid SHodiev (40.Temur Ayupov 77), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Samir Bekrich (15.Obid Jo'raboev 67), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 48.Akramjon Komilov.
Zaxira:
25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal SHorahmedov,  16.Artyom Filiposyan, 19.Zabixillo O'rinboev.

"Navbahor":
46. Xurshid Xo'jaev, 2. Alisher Samatov, 7. Sanat SHixov, 8. Azim Ahmedov, 9. Ilhom Boydedaev, 11. Otabek Valijonov (22. SHahboz Erkinov 64), 20. Ulug'bek Baqoev(25.Mo'ydin Mamazulumov 77), 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov (91.Sergey Georgiev 71), 50. Yuriy Rijko, 89. Bobir Akbarov.
Zaxira: 1.Aleksandr Melenchuk, 4.Timur Kagirov,  6.Sunnatilla Mamadaliev, 10.Alisher Mahmudov.

Ogohlantirishlar: Robbim Hasanov 21, Doston Hamdamov 26, Ulug'bek Baqoev 39, Obid Jo'raboev 83.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика