So’nggi yangiliklar

22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  0 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  18 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  143 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  7 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  6 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  9

"Bunyodkor" muxlislari Qosimovning qaytishini kutmoqdalar Yangiliklar

"Bunyodkor" muxlislari Qosimovning qaytishini kutmoqdalar

Saytimizda Sergey Lushanning istefoga chiqqanligi to'g'risida xabardan so'ng "Bunyodkor" muxlislar klubi sardori saytimizga murojaat qildi.

"Afsuski, Sergey Ivanovich biz muxlislar kutgan natijani bera olmadi. To'g'ri, tarkibimizda ko'plab yangi nomlar kashf qilindi. Buning uchun u kishiga rahmat aytamiz. To'g'risi, uning akademiyaga yana ishga qaytganligi bizni xursand qildi. Doston, Akrom, Zabihillo kabi yangi futbolchilarni tarbiyalashga bunday mutaxassis kerak. Menimcha, Lushan akademiyalar ichidagi eng yaxshi mutaxassislar uchligiga kira oladi".

"Bunyodkor"ning yangi murabbiyi kim bo'lishi haqidagi savolga Imomov shunday dedi:
- Mirjalol Qosimov! O'zbekiston sharoitida boshqasini tasavvur ham qila olmaymiz. Balki, xorijdan murabbiy kelgani yaxshidir. Lekin oldimizda O'zbekiston Kubogining finali turibdi. Bu o'yin biz uchun juda muhim. OCHLga to'g'ridan - to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmasak, bu safar pley-offdagi raqib ancha jiddiy bo'lishi mumkin. Aytishlaricha, Xavining jamoasi kelishi mumkin. Biz muxlislar esa jamoamizni OCHLsiz tasavvur qila olmaymiz, SHuning uchun eng yaxshi nomzod Mirjalol Qosimov. "Nasaf"ni ham yaxshi biladi, agar oliy ligada o'zimizni o'nglab olmasak, to'rtinchi o'rindan ham tushib ketamiz. Meni xavotirga solayotgani Qosimovni "Lokomotiv" ilib ketmasa bo'lgani. Mirjalol Qosimov etakchilarga qarshi qanday o'ynashni biladi va u bejizga jamoamizni ikki marta OCHL yarim finaliga olib chiqmagan. Kechagidek yodimda, Rivaldo va Skolari jamoamizni tashlab ketgach, Mirjalol Qo'shoqovich jamoadagi g'oliblik ruhini tushirmagan holda jamoamizni ham chempion qilgandi, ham OCHL yarim finaliga olib borgandi.

- Nima uchun "Bunyodkor" muxlislarining stadionga kelishi kamayib ketdi. Ikkita antirekord sohibi bo'ldinglar?
- Hammasi natijaga bog'liq. Avvallari "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf"ga qarshi faqat uch ochko uchun maydonga tushar edik va buning uddasidan ham chiqardik. Bu yil esa turnir jadvalida qayd etayotgan o'rnimiz stadionga kelayotgan muxlislar oqimini to'xtatdi. Agar kubokni qo'lga kirita olmasak, keyingi yil bundan ham yomon bo'lishi mumkin. Sergey Ivanovichga esa yana bir bor rahmat aytamiz, yuqorida aytib o'tdim, undan akademiyada yangidan yangi yulduzchalarni kutib qolamiz.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida 5 karra O'zbekiston chempioni, 4 karra kubok sohibi bo'lgan va ikki bor jamoasini yarim finalga olib chiqqan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика