So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

“Bunyodkor”: Muvaffaqiyat omillari Yangiliklar

“Bunyodkor”: Muvaffaqiyat omillari

2015 yilni “Bunyodkor” futbol maktabi Xitoydagi musobaqa g'olibligi bilan boshlagani haqida xabar berib o'tgan edik.
15 yoshli “qaldirg'ochlar” Xitoyning CHendu shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqaning bosh sovriniga ega chiqdilar. Otabek G'ulomxo'jaev va Yorqin Nazarov shogirdlari hal qiluvchi final bahsida SHimoliy Koreyaning “Yusonyon” jamoasini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratib, turnir g'olibiga aylandilar.

Jamoa azolari Toshkentga qaytib kelishgach, chempionlar murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev bilan suxbatlashdik.

- G'alaba muborak!
- Katta rahmat!

- Jamoangiz muvaffaqiyat qozongan musobaqa haqida veb-saytimiz orqali malumot berib bordik. Lekin musobaqada erishilgan muvaffaqiyat haqida o'zingiz bilan gaplashsak. Finalda g'olib chiqishning bosh omili nimada bo'ldi?
- Musobaqa davomida SHimoliy Koreyadan tashrif buyurgan raqiblarimiz bilan ikki bor to'qnashdik. Raqibimiz futbolchilari biznikilardan judayam baquvvat ko'rinishga ega edilar. Yugurish, bo'yining uzunligi va yirikligi bo'yicha ham shimoliy koreyaliklar yaqqol ajralib turishardi. Qolaversa, ular jismonan baquvvat ko'rinishda bo'lishgani uchun uchrashuv bo'ladigan kunlarda ham og'ir mashg'ulotlar o'tkazishardi. Guruh bosqichi doirasida “Yusonyona”ga qarshi bahsda himoyaviy taktika qo'lladik. Lekin raqib baribir o'z maqsadiga erisha oldi va g'alaba qozondi. SHundan keyin final bahsidagi o'zaro ikkinchi o'yinimizda taktikamizga o'zgartirish kiritdik. Maydonda tez fikrlash va qaror qabul qilish, to'p bilan aniq ishlash, texnik jihatdan bexato harakat qilish va jamoaviy o'yinga suyunishga urg'u berdik. SHu orqali raqib jarima maydonidayoq kuchli pressing qo'llab, SHimoliy Koreyadan tashrif buyurgan futbolchilarga bo'sh xududlar yaratib bermadik. Vaqt o'tishi bilan bu uslubimiz raqib o'yinini izdan chiqardi. Ular asabiylasha boshlashdi. Natijada ko'p to'p yo'qotishib, ko'plab xatolarga yo'l qo'ya boshladilar. Ikkala jamoada ham g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Lekin asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi.

- Siz SHimoliy Koreyaning kuchli jismoniy imkoniyatlarga ega ekanligini takidladingiz. SHunga qaramasdan bunday raqibga qarshi pressing qo'lladingiz. Bunday uslubning qo'llashingizga nima turtki bo'ldi?

- “Bunyodkor” futbol maktabida yosh futbolchilarga pressingga ixtisoslashgan futbol taktikasini o'rgatish o'quv qo'llanmasi ishlab chiqilgan. Akademiyada tahsil olayotgan barcha yosh toifasidagi futbolchilarga aynan shu yo'nalishda talim berilmoqda. Jismonan baquvvat futbolchilarga qarshi pressing qo'llash eng to'g'ri taktikadir. Ular ko'p vaqt to'psiz qolishdi. Bu esa ular uchun kutilmagan va yoqimsiz omil bo'ldi.

- Penaltilar seriyasi qanday o'tdi?
- Har ikkala jamoa azolari birinchi zarbalarni aniq yo'llashdi. Keyin darvozabonimiz Jasurbek Umurzoqov ikki marta zarbani qaytarib, muhim rol o'ynadi. Biz 4:3 hisobida yutdik.

- Jamoaning kelajagi borasida nimalar deya olasiz?
- Qo'l ostimda shug'ullanayotgan bolalarning aksariyati keyinchalik haqiqiy futbolchi bo'lib etishadi, deb umid qilaman. Hozirgi tarkibdagi 11 nafar futbolchimiz o'z yosh toifasida 2014 yilda O'zbekiston terma jamoasiga taklif etildilar. Eng asosiysi, futbolchilar o'zlariga bo'lgan masuliyatni ku sayin oshirib, mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilishda davom etishmoqda.

- Umuman, ushbu musobaqada ishtirok etish qanday yuzaga keladi. Safar harajatlari qanday qoplandi?
- Ushbu safarimizni tashkil etilishida “O'zbekiston – Koreya do'stlik jamiyati”ning faol hissasi bor. Ushbu jamiyat raisi Fayzullaev SHokir Nasibullaevichdan minnatdormiz. Safar davomida biz bilan birga bo'lib, barcha tashkiliy masalalarni hal qilishga jamiyatning ijrochi direktori Sergey Pak ko'maklashdi. Xitoyga bo'lgan safarimizning harajatlari jamiyat, klub va tashkiliy qo'mita tomonidan qoplandi. Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad SHimoliy va Janubiy xududlarda sportni ommalashtirish va malaka almashishdir. Ushbu tashkilotning shtab-kvartirasi Janubiy Koreyaning Yonchon shahrida joylashgan.

- Jamoa azolari futbol uchrashuvlaridan tashqari yana nimalar bilan band bo'ldi?
- Mashg'ulotlar o'tkazdik. SHaharning etiborga molik joylarini kuzatdik. Darvoqe, CHenduda ayni paytda er yuzida juda ham oz miqdorda qolgan pandalar zooparkiga tashrif buyurdik. Umuman Xitoy safaridan olam-olam taassurotlar bilan qaytdik.

- Keyinchalik ham mana shunday musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqdami?
- Bizdagi malumotlarga ko'ra, tashkilotlar 2015 yil mobaynida yana ikkita mana shunday musobaqa tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Birinchisi bahor oylarining birida Pxenyanda. Ikkinchisi kuzda Yonchonda. Bizning jamoamiz ushbu turnirlarda ham ishtirok etadi.

Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика