“Bunyodkor” mashg'ulotlarga kirishdi
14 dek 2015 12:03
Yangiliklar
“Bunyodkor” mashg'ulotlarga kirishdi
Klub bazasida asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilari jamlanishdi. Hozircha faqat legionerlar yig'inga kelishgani yo'q. Ular biroz keyinroq mashg'ulotlarga qo'shilishadi. Bir nechta iqtidorli yosh futbolchilarimiz esa olimpiya terma jamoasi yig'inida ishtirok etishmoqda.
Mavsumoldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari rejasiga ko'ra, avvalo barcha futbolchilar shifokorlar nazoratidan o'tadilar.
Yangi yil bayramiga qadar mashg'ulotlar klub qarorgohida olib boriladi.
Yanvar oyining dastlabki kunlarida jamoa azolari dastlabki xorij yig'iniga jo'nab ketadi.
Malumki, “Bunyodkor” 9 fevral kuni Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasida Dubayning “Al-SHabab” jamoasini qabul qiladi. Guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi, bitta uchrashuvdan iborat bellashuv “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar