"Bunyodkor" klubi sobiq xodimi: "Ronaldu Toshkentga kelganida "Jar" stadioni darvozasi sinib ketgandi" Yangiliklar

"Bunyodkor" klubi sobiq xodimi: "Ronaldu Toshkentga kelganida "Jar" stadioni darvozasi sinib ketgandi"

O'z vaqtida "Bunyodkor" klubida matbuot kotibi sifatida ishlagan Abror Imomxo'jaev hamkasblarimizga intervyu berdi.

Ushbu intervyu chog'ida Krishtianu Ronalduning 2009 yil 22 dekabr kuni O'zbekistonga kelgani yodga olindi.

"Ronalduning Toshkentga kelishi juda katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. Bir yil avval Messi kelganida bunchalik shov-shuv bo'lmagandi. Ronaldu kelganida odamlar oqimining ko'pligidan "Jar" stadionining qalin temir darvozalaridan biri sinib ham ketgandi. Stadionga 9000 odam sig'ardi, lekin taxminan 14 ming odam kirgandi o'shanda stadionga. Ularning orasida qizlar ham ko'pchilikni tashkil qilgandi. Xavfsizlik xodimlari ham odam ko'pligi uchun o'sha kuni juda ham qattiq ishlashgandi", - dedi Abror Imomxo'jaev intervyuda.

To'liq intervyuni quyida tomosha qilish mumkin.




Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
02 fev 11:37:54
assassin
Тан олиш керак Роналдуни футболга кизикмайдиганлар хам кургани боради.
+1   
02 fev 11:36:08
Xushali
Ronaldu ham oddiy insonki shuncha shov-shuvmi
   
02 fev 14:28:53
Odilbek77
Odam ko'rmaganlar galalashib chiqaverganda. Messimi yo boshqasimi hammasi bir g'or. Oddiy odamlar.
   
02 fev 13:14:28
И.М.
Криштиано Роналду келса синадида Наманганда узимизни Олий лига даврда ва хозирги Суперлига уйинларида неча марта сиз айтгандай темир дарвозалар синиб кетган утган мавсум хам синган эди Олий лига даврида стадионимизга 50 000 минг атрофида мухлислар кирарди марказий уйинларга уриндик,лар оддий тахтадан эди унча мунча одам кириб кетаверар эди жипслашиб утириб
   
02 fev 12:16:24
Valverde Fede
Statistika qiroli negativ yozib ko't kovlab keladi hozir ko'ti kuyib
   
02 fev 11:51:17
Burhonbek Abdumo'minov
Unisini bilmadimu lekin, Bunyodkor stadioni yangi ochilganda JCH 2014 saralashi doirasida Livan bilan oʻyinimiz bor edi oʻshanda MTJ ni guruxdagi holati zoʻr edi oʻshanchun hamma stadionga kirishga qiziqqan edi, lekin futbolga qiziqmaydigan, prosta stadionni koʻrish uchun kelgan koʻpchilik talabalar, qizlar biletni ovolib joylarni zaynit qivolib koʻpchilik ashaddiy muxlislar stadionga kira olmay qolgandi shu jumladan oʻzim ham)
   
02 fev 11:47:21
Porlan
Ким экан у ?
   
02 fev 11:45:52
БЕК@
Сарлавҳани қаердан топиб қўясизлар
   
02 fev 11:44:46
Abror_Tursunov
Borib olomon ko'pligini ko'rib ko'chani boshidan qaytib ketgandik ))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика