So’nggi yangiliklar

14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  1 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9

“Bunyodkor-Geofizika” g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Bunyodkor-Geofizika” g'alaba bilan boshladi

Bugun 2-liga jamoalari o'rtasidagi respublika chempionatining final bosqichiga start berildi. Poytaxtdagi guruhdagi dastlabki ikkala uchrashuvda ham maydon egalari muvaffaqiyat qozonishdi.
“Geofizika” stadionida o'tgan o'yinni Sergey Ni qo'l ostidagi “Bunyodkor-Geofizika” jamoasi juda faollik bilan boshladi. Toshkent viloyati chempioni o'z nomdoshi – “Bunyodkor”ning farm-klubidan butun uchrashuv davomida yaqqol ustunlik qildi. Bunga asosiy sabab – yosh “qaldirg'ochlar” o'z safida oliy va birinchi ligalarda anchagina tajriba orttirgan bir nechta futbolchilarga ega jamoaga to'qnash kelishgani bo'ldi. Etiborlisi, “Bunyodkor” tarkibida bugun maydonda muxlislar yaqindagina BAAda o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidagi o'zlarining dadil harakatlari bilan ko'pchilikning mehrini qozonishgan markaziy himoyachi Rustamjon Ashurmatov va chap qanot himoyachisi Akramjon Komilovlarni ko'rishdi. Umuman, bu bahs futbol shaydolarida malum darajadagi qiziqish uyg'otgan shekilli, tomoshabinlar orasida biz hatto milliy terma jamoamiz azosi va “Gazovik” (Orenburg) yarim himoyachisi, Rossiya FNL bellashuvlari qishki tanaffusga chiqqanligi munosabati bilan Toshkentga kelgan Sanjar Tursunovni ham uchratdik.

“Bunyodkor-Geofizika” o'yin boshlanishi bilan ketma-ket hujumlar uyushtira ketdi. Buning natijasida 16-daqiqada Elyor Abdulloev yaqin masofadan hisobni ochdi. Bu hujumchi 43-daqiqada raqib posbonining qo'pol xatosidan so'ng boshi bilan ikkinchi aniq zarbasini ijro etdi – 2:0. 59-daqiqada Abdulloev xet-trikka erishdi: u raqib darvozaboni bilan birga bir duelni muammosiz golga aylantirdi. 3:0 va uchrashuvdagi intriga o'ldi, deb hisobladi barcha. Ammo yosh “qaldirg'ochlar” bahs so'ngida o'zlarida shunday kuch topa oldilarki, Sergey Ni shogirdlari g'alabani bazo'r ushlab qolishdi. 89-daqiqada qanotdagi jarimadan uzatilgan to'pni Jahongir Xo'jaev boshi bilan mezbonlar darvozasi to'riga yo'lladi. 90+2-daqiqada esa Vladislav Nuriev “Bunyodkor-Geofizika” himoyachilarini ular yo'l qo'ygan xato uchun munosib jazoladi – 3:2. Keyingi daqiqada “qaldirg'ochlar” uchunchi golni urib, sensacion durangga erishishlari ham mumkin edi. Biroq maydon egalari darvozaboni Rahimjon Gaynutdinov avval o'zi adashdi, lekin keyin bu xatosini to'g'rilab, jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

BUNYODKOR-GEOFIZIKA (Toshkent viloyati) – BUNYODKOR (Toshkent) 3:2 (2:0)
28 noyabr. “Geofizika” stadioni
Hakam:
V.Agishev
Gollar: Abdulloev 16, 43, 59 – Xo'jaev 89, Nuriev 90+2
Ogohlantirishlar: Tyulkin, Jabborov, Rahmonov, Gulyamov – G'ofurov, Ashurmatov

Ulug'bek Mirzaev

Qolgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
1-tur. 28 noyabr
“A” guruhi

OBOD (Toshkent) – DINAMO (Farg'ona) 3:0 (“Tashselmash” stadioni)
O'zDONG-JU (Andijon) – dam oldi

“B” guruhi (Buxoro)
MASH'AL (Muborak) – TOLACHI (Sirdaryo viloyati) 5:1
G'IJDUVON (G'ijduvon) – NDPI (Nukus davlat pedagogika instituti) 2:0
BAHOR-GEOLOG (Samarqand) – dam oldi

P.S. Samarqandning boshqa yana bir vakili, viloyat chempioni bo'lgan jamoa bahslarga kelmagan. Aksincha, turnirda qatnashishdan avvaliga bosh tortib turgan “Tolachi” bellashuvlarga qo'shildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика