So’nggi yangiliklar

10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  0 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  6 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  3 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  13 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  5 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  11 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  40 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13

“Bunyodkor” futbol akademiyasida “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan yana bir xayrli tadbir o'tkazildi Yangiliklar

“Bunyodkor” futbol akademiyasida “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan yana bir xayrli tadbir o'tkazildi

Teglar :  Bunyodkor
“Bunyodkor” futbol klubi tasischisi O'zbekneftgaz akciyadorlik jamiyati tashabbusi, Bunyodkor futbol taklifiga ko'ra, poytaxtimizdagi 30-sonli bolalar uyi tarbiyalanuvchilari mehmonimizga aylandi.

Tadbirdan murod bayram munosabati bilan ko'ngli yarim bolalarning kayfiyatini ko'tarish va ularning orasidan iqtidorlarni tanlab olib katta hayotga «Bunyodkor» orqali qadam qo'yishini taminlash edi. Tadbirda mehmonlarimiz uchun bir qator sport o'yinlari tashkil qilindi. Xususan, bolalar shahmat, shashka, stol tennisi, engil atletika, futbol, quvnoq estafeta bahslarida bellashishdi. Albatta bu sport bahslari turlari aynan kimnidir g'alaba qozonishi uchun emas, balki festival ko'rinishida o'tkazildi. Bemalol takidlash mumkinki, mehmonimiz bo'lgan mehribonchilik uyi tarbiyalanuvchilari uchun kun ajoyib ruh va kayfiyatda o'tdi.

Sport tadbirlari yakuniga etgach, bolalarga «Bunyodkor» futbol klubi tasischisi, «O'zbekneftgaz» akciyadorlik jamiyati tomonidan ajratilgan esdalik sovg'alari topshirildi. Sovg'alarni «O'zbekneftgaz» akciyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o'rinbosari Usmonov Behzod Boburovich va «Bunyodkor» futbol klubi direktori SHerzod Haqberdiev topshirdi. 

Sport tadbirlari yakuniga etganidan keyin ham bayram davom etdi. O'zbekona urf-odatlarga ko'ra mehmonlarimiz bir piyola choyga taklif qilindi va albatta milliy taom palov tarqatildi. Tushlikdan so'ng mehmonlarimiz uchun «Bunyodkor» akademiyasi va stadioni bo'ylab sayohat uyushtirildi. Bolalar akademiyamizda tengqurlariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. So'ng mehmonlarimiz «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurib, poytaxtimiz ko'rki bo'lgan o'yingohni yaqindan tomosha qilishdi. Esdalik uchun suratlarga tushishdi va shu tariqa bayram haqiqiy bayramona kayfiyatda yakunlandi. Zero, mazkur tashabbus va taklifning asosiy maqsadi ham shu edi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика