So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

“Bunyodkor” FK akademiyasi murabbiyidan taklif: Maxsus milliy futbol kanalimiz suv va havodek zarur Yangiliklar

“Bunyodkor” FK akademiyasi murabbiyidan taklif: Maxsus milliy futbol kanalimiz suv va havodek zarur

O'zbekiston televideniesining hozirgi ko'rinishdagi faoliyati Toshkent futbol klublari stadionlariga salbiy tasiri xaqida fikrlashga ruxsat bersangiz.

Milliy muxlisning etibori to'liq va tabiiy ravishda jahon va ayniqsa, Evropa futboli foydasiga sarflanib bo'ldi. Zamonaviy televizion kanallaridan NTV+, Match, Evrosport kabi maxsus kanallar uzluksiz va oliy darajada dunyoning har qanday nuqtasidan xohlagan o'yinimizni olib berishga tayyor. Natijada milliy muxlisda taqqoslash imkoniyati paydo bo'ldi va u, albatta, chet el futboli foydasiga aylandi. Ushbu telekannalar rejalangan daromadlarni oladi, ularning futbol madaniyati yanada rivojlanadi. Biroq, jahon andozalarining barcha talablariga javob beruvchi Toshkent stadionlari yillab bo'sh qolmoqda. O'zi kamchilik bo'lgan toshkentlik muxlis stadionga yo'lni umuman unutdi. Klublar daromaddan quruq qolyapti. Elektr quvvat, suv, televizion translyaciyalar, stadion xodimlari, moddiy-texnik baza, maktab va akademiyalar, shaxsan klubning o'zi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar tashqi sarmoyalar bilan qoplanmoqda. SHu tariqa o'z televideniemiz o'z “dushmanimizga” aylandi. Uning g'alabasi deb axolining xorijga bo'lgan hurmati va etibori, mag'lubiyati esa  butun milliy futbol va, ayniqsa, uning Toshkent qismi bo'ldi deb aytsak mubolag'a bo'lmas. Albatta ushbu muammoning eng muxim asosidan biri, shaxrimizning “biznes markaz” degan mavqesi. Poytaxt xayoti ko'pqirrali. Kino, koncert, teatr va parklar futbolga jiddiy raqib. Biroq London, Manchester, Madrid, Barselona, Parij, Lissabon, Istambul kabi shaxarlar kuniga bir nechalab stadionlarni to'ldiryapti.  
   
Televideniening aybi nimada? degan savol tug'iladi. Javob esa, yuqorida aytilgandek, jahonning barcha nuqtasidan, istalgan turnirning eng qiziqarli o'yinlarini jonli efir va mukammal sifatda uzatilishi, klublar, o'yinchilar, taktika, tarix va bashoratlar haqida to'liq malumot va hokazolardadir?

Milliy futbolimizga kelsak... Samarqand, Buxoro, Namangan, Qo'qon stadionlari deyarli har turda to'ladi. O'ta muxim o'yinlarda minglab mahalliy muxlislar tashqarida ham qolib ketadi. Demak, usha o'yinlardan ular umuman quruq qolishi aniq. Ular stadionga tusha olmadi, televidenie orqali jonli yoki yozma ravishda ko'rishga imkoni yo'q, internetning ayrim saytlari faqat gollarni yozib olib beradi. U ham bo'lsa, xaftaning 3-4 kunlarida. Sog'inib kutilgan maxsus “Futbol TV” kanalimiz esa yana yuqorida ko'rsatilganlarga “yordamchi” bo'ldi. Yakkayu-yagona davlat “Sport” kanalimizdan talab qilish noo'rin. U umumiy sportga javob beradi. Ha, futbol ham ular orasida bor. Lekin ko'pincha jonli efirlar poytaxtning bo'm-bo'sh stadionlaridan uzatilyapti. Kamdan kam, alohida va muxlislarning qatiy iltimoslaridan so'nggina viloyatlarni liq to'la stadionlarini ko'rishga imkonimiz bor. Boks va tennis ustalarimiz xizmatlari tufayli ushbu sport turlari birinchilar safidan o'rin olmoqda. Bazilarda umuman sog'lom turmush kechirish maqsadida efir antiqa, yani, ot sporti, velopoyga, chang'i, regbi kabi turlari bilan to'ldirilyapti. Viloyatlik muxlisimiz tanlov xuquqidan maxrum bo'ldi. To'g'risini aytganda, bunday imkon unda umuman bo'lmagan.  

Yakkayu-yagona “Sport” kanalimizdan talab qilish noo'rin.


Albatta, xalqimiz jahon futboli haqidagi malumotga ega. Internet, kabel va yo'ldoshlik tizimidagi telexizmatlar yurtimizni barcha shahar va qishloqlariga etib borgan. Bu uchun biz ularga haqiqiy minnatdormiz. Aholimizning barcha yoshu-turlariga mo'ljallangan telekanalarimiz soni yigirmalarga etib qoldi: Bolajon, Kino, Navo, Mahalla, Dunyo bo'ylab, Madaniyat va marifat, xattoki Xind kinosi... O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Respublikamizning har bitta viloyat va Qoraqalpog'iston Respublikasida o'zining xududiy fillalariga ega. Lekin hududimizni butunlay qoplaydigan, davlat, “O'zbekiston” yoki “Yoshlar”, qolaversa o'sha “Sport” kabi, yagona maxsus futbol kanali yo'q.

So'zsiz, stadionni muxlis bilan to'ldirish bu bevosita klublarni majburiyati, burchi va manfaatidir. Biroq, bu borada xam ushbu iborani o'ziga yarasha sirlari bor ekan. Misol uchun “So'g'diyona” yoki “Qizilqum” jamoalari o'yini “Lokomotiv” yoki “Paxtakor” jamoalari o'yinidan bir necha kuchli emasdir, lekin stadionlar to'lishi borasida vaziyat “nimagadir” teskari.

SHundan kelib chiqqan xolda, “televidenie ommaviy axborot vositasi sifatida milliy futbolimiz mavqeini ko'tarishda ko'mak bo'la oladimi, bo'lgan taqdirda esa – qanday?” degan savol tug'iladi va unga javob berib ko'rsak.

Misol uchun “Bunyodkor” stadioniga chiptaning o'rta narxi 5000 so'm deb belgilanib, unga 25 000 tomoshabin tushsa klub 125 000 000 so'm daromad ko'rar ekan.


Birinchidan, “Futbol TV” ushbu manosiz xattoki zarar “sheriklikni” to'xtatish kerak. Ikkinchidan, u milliy futbolimizga tegishli bo'lgan barcha televizion xuquqlarni to'liq ravishda qo'lga kiritish lozim. Jumladan, Oliy va Birinchi liga chempionati, Respublika Kubogi bahslari, barcha terma jamoalarimiz, shuningdek aniq vaqtga tegishli bo'lgan Osiyo klub va terma jamoalari, bolalar futboli, tahlil, munozara xamda boshqa qo'shimcha malumotlarni. Dasturdan turning eng qiziqarli o'yinlari bosh, jonli o'rinni egallaydi. Qolganlari hafta davomida yozma ravishda. O'yindan oldingi bashoratlar (prevyu), tur tahlili va statistikasi kanal ishini qo'shimcha to'ldiradi.
   
Keyinchalik kanal o'z muxlisiga sazovor bo'lishi aniq. Avvalam bor ularni mutaxassislar tashkil etadi, yani: futbolchi, murabbiy, ekspert va agentlar. SHuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, klublar matbuot-xizmatlari. Ayol va xotin-qizlar ham futbolchi va mutaxasisslarni oila azolari sifatida. Va nixoyat oddiy xalq futbol muxlisi. Yosh jixatidan ko'pincha o'rta va katta yoshdagi muxlislar ushbu toifani asosiy qismini tashkil etadi. Yosh muxlislar xozircha chet el “xo'roz qandiga” ishqiboz.

Viloyat va poytaxt futbol madaniyatlari yanada rivojlanadi. Raqobat kuchayadi. Bunday xarakatlar hozir xam yuq emas, lekin va, eng qizig'i shundaki, Oliy ligamizdaga ko'pchilikni tashkil etuvchi toshkentliklar foydasiga emas. Bazida poytaxt stadionlarida mehmon muxlislar aksariyatni tashkil etadi. Malumot doirasi kengaygan sari “jonli” futbolga qiziqish darajasi xam o'sadi. Biznes-markaz sifatida Toshkent ommaviy madaniy xordiqning yana bir turi bilan taminlanadi. Tajribada to'la stadionlar futbol suratini qanday oshirishini hammamiz bilamiz. Misol uchun “Bunyodkor” stadioniga chiptaning o'rta narxi 5000 so'm deb belgilanib, unga 25 000 tomoshabin tushsa klub 125 000 000 so'm daromad ko'rar ekan. Bu raqamni 20 mezbonlik o'yinlar soniga ko'paytirsak 2 500 000 000 so'm chiqadi. 20 mezbonlik o'yin deganda 14 mamlakat chempionati, kamida 2ta mamlakat Kubogi, Osiyo chempionlar ligasining gurux bosqichidagi 3 o'yin, to'liq formatta esa qushimcha 2 o'yinlarni kiritamiz. Terma jamoa o'yinlari ortiqcha elonga muxtoj emas.

Toshkent stadionlariga muxlislarni qaytarish bu nafaqat  klublar, balki butun o'zbek futboli muammosi.

   


Televideniemiz sifati xaqida esa aloxida to'xtashimiz lozim. Albatta jaxon futbol kanallari bilan solishtirganda bu bizning eng katta muammomiz. Biroq birinchi o'rinda raqobat emas, balki umuman mustaqil televidenie vositasi sifatida shakllanish va milliy muxlisni malumotga bo'lgan chanqovini qoniqtirish. Munosabatlar rivojlanib kanalimiz muqobil sifatda ish yuritadi. Milliy o'zbek futboli jahon axborot daryosida o'z o'rni va ahamiyatini egallaydi. Raqobatni sherik emas, balki alohida va mustaqil bo'lgan boshqa bir tuzilma yaratadi. Ushbu tuzilmalarning soni va sifati esa, o'z navbatida, raqobat darajasini oshiradi. Muqobil maxsus futbol kanalimizning asosiy kuchi esa milliy muxlisda.

Bu munosabatlarni rivojlanish muddati xaqida... U kamida va to'liq bir futbol mavsumidan iborat. Ungacha ranjish paydo bo'lishi tabiiy. Jahon andozalari bilan  taqqoslash yukini ko'tarib yurish bu kurashni eng og'ir pallasi. Biroq doimiy ravishda maqsad sari yurishimiz muxlisni stadionga qaytaradi. Futbol sifati oshadi. U o'z navbatida yanada muxlislarni jalb qiladi. Futbol bilan muxlis aloxida yashay olmaydi. Bu tabiat qonuni. Ular bir-biriga qanchalik bog'langanini shunda sezishimiz aniq. Muxlis o'yinni kuchaytiradi, o'yin muxlisni chaqiradi.

Xulosaga kelganda. Toshkent stadionlariga muxlislarni qaytarish bu nafaqat  klublar, balki butun o'zbek futboli muammosi. Qaysidir manoda fikru-tilak, orzu-asoslar ham bildirildi. Endi ularni amalga oshishini tajriba yo'li bilan isbot qilib ko'raylik. Bu borada esa maxsus milliy futbol kanalimiz suv va havodek zarur.
 
Ahmad Inoyatov,
“Bunyodkor” FK Akademiyasi murabbiyi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика