So’nggi yangiliklar

08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  1 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  12 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  2 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  8 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  7 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  1 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  1 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  35 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  25

"Bunyodkor": Faxriylar – faxrimiz. FOTO Yangiliklar

"Bunyodkor": Faxriylar – faxrimiz. FOTO

“Bunyodkor” futbol klubi faxriylarni stadionga taklif etdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2015 yil “Keksalarni ezozlash yili” deb nomlanishi xalqimiz tahsiniga sazovor bo'ldi. Zotan, umr bo'yi elu-yurtning quvonch va tashvishini elkasida ko'tarib yurgan, halol mehnati bilan Vatan ravnaqi va xalq farovonligini taminlab kelgan, farzandlarini oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan tabarruk insonlarni ezozlash hayotimiz mazmuniga aylangan.

Xabaringiz bor, 1999 yildan boshlab 9 may mamlakatimizda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni keksalarga g'amxo'rlik namunasi bo'ldi.

Xalqimiz kabi “Bunyodkor” futbol klubi jamoasi ham faxriylarni hamisha hurmat qilib, ularga ehtirom ko'rsatadi. “Keksalarni ezozlash yili” davlat dasturida keksa avlod vakillarining maroqli hordig'ini tashkil etish masalalariga ham alohida etibor berilgan. SHu boisdan 22 aprel kuni urush va mehnat faxriylari hamda o'zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo'shgan mutaxassislar “Bunyodkor” va “Al-Nasr” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilishga taklif etildi. Yil mobaynida yana bir qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, faxriylarimiz uchun alohida sektor ajratilib, uchrashuvlarni zavq bilan tomosha qilishlari uchun o'ta qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. “Nuroniy” jamg'armasi faollari, mahallalar oqsoqollari, futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan keksalar uchun dasturxon yozildi, ularga esdalik sovg'alari topshirildi.

Keksalarimiz qo'llari hamisha duoda. Ular tinch, farovon kunlarimizga shukrona atadilar. Yaratgandan elu yurtimizni yomon ko'zlardan asrashni so'radilar. O'zbek sportchilariga, shu jumladan “Bunyodkor” futbol klubiga omad yor bo'lishini tiladilar.

Marosim fotojamlanmasi bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика