So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

“Bunyodkor” – “Dinamo” (Moskva) uchrashuvida hisob ochilmadi Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Dinamo” (Moskva) uchrashuvida hisob ochilmadi

Ayni vaqtda Toshkentning "Bunyodkor" klubi Dubaydagi yig'in doirasida Moskvaning "Dinamo"si bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Dubaydagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Moskvaning “Dinamo” klubiga qarshi o'tkazdi.

“Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvni uchta hujumchi bilan boshladi. Oldingi chiziqda Bahodir Pardaev, Voxid SHodiev va Anvar Berdievlar uchligi to'p tepishdi. Natijada “qaldirg'ochlar” hujumkor o'yin namoyish etishdi. Darvoqe, jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan ukrainalik himoyachi Sergey Simonenko ham boshlang'ich tarkibda tushirildi. Lekin o'yin startidayoq to'p uchun kurashda Simonenko yuzidan jarohat oldi. SHifokorlarning yordami natijasida u o'yinni davom ettirdi.

Birinchi bo'lim haqida gapiradigan bo'lsak, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikkala jamoada ham hisobni ochish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Biroq “Bunyodkor”ning ham, “Dinamo”ning ham himoyachilari aniq o'ynashib, hujumchilarga imkon berishmadi. SHuningdek, har ikki jamoada bittadan xavfli jarima zarbalari bo'ldi. Bizdan Sardor Rashidovning chamasi 27 metrlar uzoqlikdan erlatib tepgan to'pini Roman Berezovskiy qiyinchilik bilan egallab oldi. “Dinamo”dan esa Kokorin amalga oshirgan zarbasini Zuxurov maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi – 0:0.

Ikkinchi bo'limda “Bunyodkor”ning o'yini yanada jonlandi. Qanotlarning tezligi oshgan bo'lsa, markazdagi futbolchilar faolroq o'ynay boshladi. Natijada Evgeniy Frolov qo'riqlagan darvoza oldida “qaldirg'ochlar” juda ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Avvaliga Floreskuning xatosidan Alibobo Rahmatullaev foydalana olmadi. Uning o'tkir burchak ostidan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Bu vaziyatda Alibobo to'pni Pishurga oshirsa ham bo'lardi. Keyingi holatda SHukurali Po'latov himoyadan hujum boshladi. U to'p bilan yo'l-yo'lakay ikki futbolchini aldab o'tib, birgina pasi bilan Pardaevni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Biroq Bahodir yakuniy zarbani to'ppa-to'g'ri Florovning gavda qismiga yo'lladi. “Bunyodkor”ning uchinchi xavfli vaziyatini Javlon Mirabdullaev boshlab berdi. Uning to'p oshirishi natijasida Alisher SHog'ulomov chap qanotdan darvozaga yaqinlashib keldi va zarba yo'lladi. Biroq bu safar ham Evgeniy Frolov o'z mahoratini ko'rsatdi. Uchrashuvning 86-daqiqasida SHukurali Po'latov to'p uchun kurashda Kevin Kuraniga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Balaj Dudjakning zarbasi davoza ustuniga tegib qaytdi. Hujumkor ruhda o'tgan uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham hisob ochilmadi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” Dubaydagi o'zining ikkinchi nazorat uchrashuvda ham durang natija qayd etdi. Bungacha 22 yanvar kuni Rossiya premer-ligasining “Rostov” klubi bilan 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Endi Mirjalol Qosimov shogirdlari 30 yanvar kuni Moskvaning “Spartak” klubi bilan kuch sinashadi.

“BUNYODKOR” – “DINAMO” (Moskva) 0:0
Ogohlantirish: Balaj Djudjak 56
Amalga oshirilmagan penalti: Balaj Djudjak 86 (darvoza ustuni)

“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuxurov (45.Akbar To'raev 46), 2.Akmal SHorahmedov (6.Jahongir Jiyamurodov 70), 4.Xayrulla Karimov (3.SHukurali Po'latov 59), 5.Dilshod Jo'raev (44.Mirjamol Qosimov 80), 8.Javlon Ibroximov (9.Marsur Saidov 59), 10.Anvar Berdiev (11.Oleksandr Pishur 59), 14.Voxid SHodiev (7.Alibobo Rahmatullaev 46), 16.Sergey Simonenko (18.Bobirjon Akbarov 59), 21.Sardor Rashidov (17.Alisher SHog'ulomov 74), 23.Sahob Jo'raev (27.Javlon Mirabdullaev 46), 24.Bahodir Pardaev (19.Zabixillo O'rinboev 70)


“Dinamo” 1-taym: 18.Roman Berezovskiy, 4.Dmitriy Jivoglyadov, 6.Leandro Fernandes, 13.Vladimir Granat, 32.Marko Lomich, 99.Aleksey Ionov, 16.Kristian Noboa, 8.Artur Yusupov, 47.Roman Zobnin, 11.Alan Kasaev, 9.Aleksandr Kokorin
“Dinamo” 2-taym: 19.Evgeniy Frolov, 23.Lyuk Uilkshir, 28.Boris Rotenberg, 84.Kristofer Samba, 21.George Floresku, 7.Balaj Djudjak, 27.Igor Denisov, 61.Moshtax Yaxubi, 14.Anatoliy Katrich, 93.Andrey Panyukov, 22.Kevin Kurani

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика