"Bunyodkor" darvozabon Suyunov bilan qiziqyapti
12 dek 2013 15:36
Yangiliklar

"Bunyodkor" darvozabon Suyunov bilan qiziqyapti
Ignatiy Nesterovni "Lokomotiv" safiga borib qo'shilishi "Bunyodkor"ni jiddiy tashvishga soldi.
Yil sayin O'zbekistonda mahoratli posbonlarni kamayib ketayotganligi, sanoqli davrozabonlar uchun kurashni keskinlashtirib yubordi. So'nggi ikki yilda ikkita darvozabon yarq etib chiqdi, bular Aleksandr Lobanov ("Paxtakor") va Eldor Suyunov ("Nasaf"). Aslida yaxshi darvozabonlar kam emas, shunchaki murabbiylar tavakkalchilikka borishni istamaydilar. Malumotlarga ko'ra "Bunyodkor"ning 2014 yil uchun tuzgan seleciya dasturining eng yuqori pog'onasidan, aynan yuqoridagi ikki posbondan biri o'rin olgan, bu Eldor Suyunov!
OCHLda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadigan "Bunyodkor"ni yangi mavsum arafasida ko'plab futbolchilar tark etyapti. SHu kungacha Jasur Hasanov, Anvar G'ofurov, Lutfullo To'raev, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar "Lokomotiv" safiga borib qo'shilgan bo'lsalar, Artyom Filiposyan ham o'ziga yangi jamoa qidirmoqda.
"Nasaf" bilan shartnomasi bor bo'lgan Suyunovning transferi borasida "Bunyodkor" Qarshi jamoasi bilan kelisha oladimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar