"Bunyodkor" bugun Dubayda "Dinamo" (Moskva) bilan o'ynaydi
25 jan 2014 12:30
Yangiliklar


"Bunyodkor" bugun Dubayda "Dinamo" (Moskva) bilan o'ynaydi
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Toshkentning "Bunyodkor" klubi ayni paytda Dubayda xorijiy yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor.
Klub rasmiy tvitteri bergan xabarga ko'ra, bugun "Qaldirg'ochlar" navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Bahs Dubaydagi "Jebel Ali Shooting Club" maydonida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" 22 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgandi. O'sha bahs 1:1 hisobida yakunlangandi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" 22 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgandi. O'sha bahs 1:1 hisobida yakunlangandi.

Fikrlar