So’nggi yangiliklar

09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  5 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  2 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  10 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  15 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  3

Bunyodkor bilan o'yinga boradigan muxlislar diqqatiga! Yangiliklar

Bunyodkor bilan o'yinga boradigan muxlislar diqqatiga!

Teglar :  BunyodkorNavbahor
Xabaringiz bor, Superliganing 25-turida sevimli jamoamiz Navbahor Toshkentda Bunyodkor mehmoni bo'ladi.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentdagi uchrashuvga boradigan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida avtomashinalarga Namangan viloyati hokimligi, Namangan shahar hokimligi va klub rahbariyati tomonidan bepul gaz quyib beriladi. Avtomobilingizga gaz quyib berilishi uchun o'yin kuni yani 3 oktyabr kuni soat 8:00dan 12:00gacha sizga «Muxlislar bilan ishlash bo'limi» boshlig'i Farhod Umaraliev tomonidan kartochka beriladi. Kartochkani stadionni oldidagi avtostoyanka yoki zapravkada (qaysi zapravka ekanligini kanalimiz orqali malum qilamiz) olishingiz mumkin. Kartochkani olish uchun sizda va siz bilan hamroxlik qiladigan muxlislarda quyidagilar bo'lishi shart:

«Navbahor» atributkalari, bayroq, sharf yoki jamoamiz logotipi tushirilgan qizil kepka.
Avtomobil salonida o'tiradigan besh nafar (shafyorda ham) muxlisda jamoa ramzi hisoblangan qizil libos bo'lishi shart!

QAYTARAMIZ, SIZDA YUQORIDA KELTIRILGANIDEK QIZIL LIBOS BO'LISHI SHART!

Sizda yuqorida sanab o'tilganlar bo'lsagina, klub tomonidan bir martalik gaz zaprafkaga bepul kartochka beriladi. Kartochkani esa «Muxlislar bilan ishlash bo'limi»dan olishingiz mumkin.

Muxlislarimizga shuni aytib o'tmoqchimizki, jamoamiz «Navbahor»ni navbatdagi turda munosib tarzda qo'llab-quvvatlash maqsadida ana shu jixatlarga etibor qilmoqdamiz va aytib o'tilgan jixatlar sizda bo'lishi lozim. Barcha muxlislarimizni navbatdagi turda bo'ladigan qiziqarli uchrashuvda sevimli jamoamiz «Navbahor»ga o'n ikkinchi o'yinchi bo'lib, «lochinlar»ni munosib tarzda qo'llab-quvvatlash uchun va shu bilan birgalikda shiddatli bahsni stadiondan turib tomosha qilish uchun poytaxtdagi «Milliy» o'yingohga chorlab qolamiz.

Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor» - «Navbahor» uchrashuvi 3 oktyabr kuni soat 20:00da boshlanadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика