"Bunyodkor" Antaliyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqiblar orasida "Arsenal" ham bor
11 jan 19:44
Yangiliklar
"Bunyodkor" Antaliyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqiblar orasida "Arsenal" ham bor
Xabaringiz bor, Ivan Bubalo murabbiyligidagi "Bunyodkor" 6 yanvardan etiboran Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib kelmoqda.
Kuniga bir mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar 17 yanvardan boshlab Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiriladi. “Qaldirg'ochlarimiz” 16 yanvardan 17 yanvarga o'tar kechasi safarga yo'l oladi. Antaliyadagi yig'in 13 fevralga qadar davom etadi. Albatta xorij yig'in doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi va raqiblarimiz ham malum.
Demak, “Bunyodkor” 13 fevral kuni yakuniga etadigan yig'in doirasida “FC Szombathelyi Haladás” (Vengriya), “FC Dobrudzha Dobrich” (Bolgariya), “FC LNZ Cherkasy” (Ukraina), “FC Sloga” (Bosniya va Gercegovina), “FC Arsenal” (Rossiya), “FC Rotor” (Rossiya), “FC Auda” (Latviya) jamoalariga qarshi sinov-nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Fikrlar