“Bunyodkor” Al-Hasa shahriga etib keldi
23 fev 2014 08:58
Yangiliklar

“Bunyodkor” Al-Hasa shahriga etib keldi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 22 fevral kuni 08:15da Toshkent-Dubay-Dammam yo'nalishi bo'yicha Saudiya Arabistoni tomon yo'lga chiqqandi.
Dastavval uch yarim soatlik parvozdan so'ng mamlakatimiz poytaxtidan Dubayga etib kelindi. Amirliklardagi eng katta aeroportda olti soatdan oshiqroq vaqt mobaynida Dammamga yo'l oladigan samolyotni kutib o'tirdik. SHundan so'ng Emirates havo yo'llaridagi aviakemada tahminan bir yarim soatlik parvozni amalga oshirib, Saudiya Arabistonining Dammam shahriga etib keldik. Ushbu shahar aeroportidan tashqariga chiqishimiz bir soatdan ziyodroq vaqtni oldi. Keyin esa “Al-Fath” klubiga tegishli bo'lgan bir necha engil mashinalar va mikroavtobusga joylashgan holda Dammamdan 160 km uzoqlikda bo'lgan Al-Hasa shahri tomon yo'l yurdik.
“Bunyodkor” FK delegaciyasi belgilangan manzil – Al-Hasa shahriga kirib kelganida mahalliy vaqt bilan soat 22:00ni (Toshkentda 00:00 bo'ladi) tashkil etardi. Jamoamiz shaharning eng ko'rkam oteli – “InterContinental Al Hasa” mehmonxonasiga joylashdi. Delegaciyamiz 34 kishidan iborat bo'lib, ularning 20 nafari futbolchilarni tashkil etadi.
Mirjalol Qosimov “Al-Fath” bilan o'yinga quyidagi futbolchilarni olib keldi.
Darvozabonlar:
Akbar To'raev
Murodjon Zuxurov
Himoyachilar:
Akmal SHorahmedov
SHukurali Po'latov
Xayrulla Karimov
Anvar G'ofurov
Bobirjon Akbarov
Sahob Jo'raev
Sergey Simonenko
Yarim himoyachilar:
Dilshod Jo'raev
Alibobo Rahmatullaev
Javlon Ibroximov
Karles Koto
Sardor Rashidov
Sardor Sobirxo'jaev
Oleg Zoteev
Hujumchilar:
Anvar Berdiev
Oleksandr Pishur
Voxid SHodiev
Bahodir Pardaev
Bahodir MIRZAEV
Al-Hasa, Saudiya Arabistoni

Fikrlar