So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

"Bunyodkor - A" jamoasi sardori: "Oldinda bizni kubok bahslari kutib turibdi" Yangiliklar

"Bunyodkor - A" jamoasi sardori: "Oldinda bizni kubok bahslari kutib turibdi"

Kecha Toshkent shahar chempionatida 2-liga musobaqalari o'z yakuniga etdi .

Musobaqaning final bosqichida "Neftgazmontaj"  hamda "Bunyodkor - A" jamoalari  to'p surishdi. Finalga xos tarzda o'tgan dramatik uchrashuvning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad yosh qaldirg'ochlarga kulib boqdi. Uchrashuvdan so'ng  "Bunyodkor - A" jamoasi sardori, bugungi uchrashuv qahramoni Baxtiyor Xudoyorovning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Baxtiyor, avvalambor bugungi g'alaba va chempionlik bilan tabriklaymiz. Uchrashuv xaqidagi fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

- Rahmat tabrik uchun. Bugun juda ajoyib o'yin guvohiga aylandik . Bugungi uchrashuvni keskin va kurashlarga boy o'tishini kutgandik va shunga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'limda menimcha biroz hayajon tufayli o'zimiz hohlagan o'yinni namoyish eta olmadik . Ammo ikkinchi bo'limda  o'zimizga kelib oldik,  muvozanatni tikladik va yakunda penaltilar seriyasida g'alaba qozondik.  

- Jamoangiz birinchi bo'limdan so'ng 2:0 hisobida ortda borayotgandi.Tanaffusda murabbiylar aynan qanday kursatmalar berishdi, jamoani qanday ruhlantira olishdi?

- Murabbiylarimiz bizga ular ham biz kabi inson ekanligini, agarda hujumlar sonini oshiradigan bo'lsak bemalol g'alaba qozona olishimizni hamda bizga ishonishayotganliklarini takidlashdi.Ushbu so'zlar bizga yanada kuch bag'ishladi.Fursatdan foydalanib bizni shu darajagacha etib kelishimizga ulkan hissa qo'shgan murabbiylarimiz Murod aka hamda Samad akalarga chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.SHu jumladan barcha jamoadoshlarimga ham. 

- Siz bugun penaltilar seriyasida ishonchli harakat qildingiz uchrashuvdan oldin bunga alohida tayyorgarlik ko'rganmidingiz ?

-  Men doim mashg'ulotlardan so'ng jamoadoshlarim bilan birga 11 metrlik jarima zarbasi borasida bahs bog'lashgan xolda mashg'ulot olib boraman . Albatta ana shu mashg'ulotlar bugun o'z samarasini berdi desam mubolag'a bo'lmaydi.

- Jamoa chempionlikni qo'lga kiritdi, endi kelgusi rejalar qanday ?

- Bilasizmi oldinda bizni kubok bahslari kutib turibdi. Xudo xohlasa jamoamiz bilan birgalikda ushbu kuboknii ham ko'lga kiritib, bu yil oltin dubl qayd etmoqchimiz.

- Cuhbat uchun rahmat,  bo'lajak uchrashuvlarga omad tilab qolamiz.

Javlon Esonov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика