Bunyodkor 21 mart kuni Qizilqum bilan o'ynaydi
19 mar 2019 14:59
Yangiliklar


Bunyodkor 21 mart kuni Qizilqum bilan o'ynaydi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin qisqa muddatli tatilga chiqqan qaldirg'ochlar kechadan yana mashg'ulotlarga kirishdi.
Olti nafar futbolchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgani sababli mashg'ulotlarda qatnashmayotgan bo'lsa, Ulug'bek Abdullaev jarohatini davolatmoqda.
Rejaga ko'ra, indinga «Bunyodkor» nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib Superliga vakili «Qizilqum» jamoasi. Navoiy klubiga qarshi o'yin qaysi maydonda bo'lib o'tishi va soat nechchida boshlanishi to'g'risida alohida malumot beramiz.
Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor» Superliganing 2-tur o'yinida «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 31 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar