So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

“Bunyodkor-2001” Rossiyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Bunyodkor-2001” Rossiyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi

Rossiyaning Qozon shahrida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Lenar Gilmullin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa start oldi.
“Rubin” futbol klubi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu turnir jamoa safida 2003-2007 yillari to'p tepgan, 2005-2007 yillar mobaynida Rossiya yoshlar terma jamoasi sardori sifatida harakat qilgan, bu yorug' olamni 22 yoshida tark etgan qozonlik Lenar Gilmullin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilmoqda.

Turnirda jami 6ta jamoa ishtirok etmoqda. Bular: “Krasnodar” (Rossiya), “Qayrat” (Qozog'iston), “Dinamo” (Belorus), “Bunyodkor” (O'zbekiston), “Rubin” (Rossiya) va “Zimbru” (Moldaviya).

Musobaqaning birinchi uchrashuvida “Bunyodkor” va Minskning “Dinamo” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kuch sinashdilar. Qiziqarli kechgan bahsda yosh “qaldirg'ochlar” raqibni irodali tarzda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar. Uchrashuvning 10-daqiqada Mixail SHevchenko tomonidan kiritilgan gol belorussiyaliklarni oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va “Dinamo” darvozasiga ikkita to'p kiritishdi. Gollarga Xumoyun Ismoilov va Sirojiddin Bashriddinov mualliflik qilishdi.

“Bunyodkor-2001” futbolchilari ertaga 2-tur doirasida musobaqa mezbonlari “Rubin” jamoasiga qarshi saf tortishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика