Bunyodkor-2000 Xitoydagi turnir g'olibi
03 fev 2015 14:47
Yangiliklar

Bunyodkor-2000 Xitoydagi turnir g'olibi
Yosh “qaldirg'ochlar” Xitoydan oltin medallar bilan qaytishmoqda.
Xitoyning CHendu shahrida U-15 yosh toifasidagi futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Musobaqada mezbonlar “Sungdo” (Xitoy), “Kiongido” (Janubiy Koreya), “Yusonyon” (SHimoliy Koreya) va “Bunyodkor” (O'zbekiston) jamoalari ishtirok etishdi.
Bosh sovrin uchun o'tkazilgan final bahsida Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi “Bunyodkor-2000” futbolchilari SHimoliy Koreyaning “Yusonyon” jamoasi bilan kuch sinashishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 0:0. SHundan so'ng g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unga ko'ra, bunyodkorchilar 4:3 hisobida ustun kelishib, musobaqa chempionligini qo'lga kiritishdi.
Otabek G'ulomxo'jaev va Yorqin Nazarov boshchiligidagi yosh futbolchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.

Fikrlar