Bunyodbek Abdumannonov: "Bu yilgi mavsum qiziqarli o'tdi"
21 noy 2018 19:55
Yangiliklar
Bunyodbek Abdumannonov: "Bu yilgi mavsum qiziqarli o'tdi"
Pro-Liga 36-turidan o'rin olgan "Xotira-79" - "Yozyovon-Lochinlari" (2:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Bunyodbek Abdumannonov "Championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Bu yilgi mavsum o'zgacha ruhda o'tdi. Jamoalar soni qanchalik kam bo'lsa, raqobat shunchalik ortar ekan. Sababi bitta uchrashuvda mag'lub bo'lib, turnir jadvalida kamida ikki pog'ona pastga tushish mumkinligini, aksincha g'alaba qozonib ko'tarilish mumkin ekanligini aynan shu mavsumda ko'rdik. Umuman olganda bu yilgi Pro-Liga o'yinlari shaxsan o'zimga yoqdi.
Bu uchrashuvdan keyin mavsum rasman yakunlandi. Butun mavsum davomida bizni qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga, shuningdek klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman - deydi Bunyodbek Abdumannonov.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
Fikrlar