So’nggi yangiliklar

01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  5 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  7

Buni o'qish shart! 50 ming odam "Lester" stadionida marhum prezident bilan xayrlashdi Yangiliklar

Buni o'qish shart! 50 ming odam "Lester" stadionida marhum prezident bilan xayrlashdi

Teglar :  King PauerLester
King Pauer stadionidagi baxtsiz hodisadan ikki hafta o'tib Lester yana shu erga qaytdi.

Bu davr ichida klub bilan quyidagilar sodir bo'ldi:

• Safarda «Kardiff»ni mag'lub etib, g'alabani halok bo'lganlarga bag'ishladi;

• Tailandga borib, Vichayning dafn marosimida ishtirok etdi;

• Stadion va yangi quriladigan mashg'ulot bazasiga Vichayning nomini berishni rejalashtirdi;

• Stadion yonida Vichayning haykalini qo'yishi haqida elon qildi.

Ikki hafta davomida «King Pauer» oldiga muxlislar tinmay gullar, futbolkalar va sharflar olib kelishdi. Yomg'irlar natijasida bularning barchasi xo'l bo'lib ketdi, bundan tashqari o'yindan oldin gullarni chetga olish kerak edi. O'yindan oldin «Lester»ning yuzlab muxlislari klubga gullar va atributikani vertolyot qulagan joyga olib borishga yordam berdi.  


Futbolkalarni stadion atrofiga joylashtirib chiqishdi. Ularga futbolchilarning dil izhorlari yozilgan maykalar ham qo'shildi.


Bundan tashqari «5000/1» marshi bo'lib o'tdi («Lester chempion bo'lgan mavsum boshida klub chempion bo'lishiga aynan shunday koefficient qabul qilingandi). Bu g'oyani ikki maktab o'quvchisi Megan va Keysi Elliot o'ylab topdi. Unga ko'ra 5000 odam Vichay xotirasi uchun stadionga borishi kerak edi. Biroq unda 5000 emas 50 ming odam ishtirok etdi: aniq raqamlar yo'q, ammo muxlislar 50 ming odam haqida gapirishdi.

Odamlar ikki yil oldin klub chempionlikni nishonlagan maydondan yurishni boshlashdi.


Qizig'i odamlar yurishni boshlashlari bilan osmondan yomg'ir yog'a boshladi.



Muxlislar to'xtashmadi: katta odamlar kurtkalarini echib bolalarni yomg'irdan himoya qilishdi. Ko'plab maykalarda Vichayning ismi yozildi.  

 

Odamlar Lester universiteti yonidan o'tayotganda xor kuylayotgan edi: dastlab «Lester, seni sevamiz», keyin «CHempionlar, chempionlar, ole-ole-ole», oxirida vafot etgan klub prezidenti ismini aytishdi.


 
 
Odamlar sekin yurishdi, 20 daqiqalik yo'l 1 soatda bosib o'tildi. Etiborlisi ushbu marsh oldida o'yinda qaydnomaga kiritilmagan Maguayra va Medison kabi futbochilar ham bor edi. Marsh stadionga etib borganida barcha qarsak chaldi.  

***

«Lester»ning o'yiniga Klaudio Raneri, Naydjel Pirson va Kreyg SHekspir (uchala murabbiy Vichay davrida istefoga chiqarilgan edi). Avstraliyadan Stiv Uolsh etib keldi – bu selekcioner murabbiy «tulkilar»ga Marez, Vardi va Kanteni topib bergandi. O'yindan oldin tribunalar ostida odamlar ko'p bo'ldi: «King Pauer»ga klubning sobiq ishchilari, jurnalistlar, ko'plab mehmonlar. «Lester» barcha uchun qisqa vaqt ichida qadrdonga aylandi.  


Muxlislardan stadionga vaqtliroq kelishlarini so'rashdi – yarim soat ichida «King Pauer» to'ldi. Klub barchaga oq-qora sharflar berdi: uning bir tomonida «mister xo'jayin» orqa tomonida «doim yuragimizdasiz» yozilgandi.



O'yin davomida TV grafika oq-qora bo'ldi, 90 daqiqa davomida stadion atrofidagi reklama shitlarida butun dunyodan taziya so'zlari aylanib turdi. O'yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida qo'yilgan video klub rangi ko'k rangda tayyorlangandi.

Tomosha qiling va yig'lab yubormang. «King Pauer»ga kelgan deyarli barcha yig'ladi.



O'yindan oldingi ikki daqiqalik sukut saqlash (aviahalokatda vafot etganlar va birinchi Jahon urushi qurbonlari xotirasiga) barchani tasirlantirib yubordi.


 
 
O'yin u qadar yorqin bo'lmadi. «Lester» yakunlovchi pallada shoshildi va himoyada tartibsiz o'ynadi.  

O'yindan oldin Pyuel ogohlantirgandi: jamoasi ruhiy bosimdan chiqib ketishi kerak. Ayniqsa Kasper hayajonlanardi: bir necha bor to'pni autga tepdi va o'ziga o'zi jahl qildi, darvoza ustunini tepdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi: «Lester» futbolchilar o'yin tugaganidan keyin bir necha daqiqaga qotib qolishdi.

Maydonga Vichayning ikki o'g'li chiqdi: «Lester» vice-prezidenti Ayyavatt ko'z yoshlarini tiya olmadi. Barcha murabbiylar, futbolchilar stadionni aylanib chiqishdi.

«King Pauer» qarsaklar ostida qolib ketdi, «Angliya chempionlari – siz tufayli buni kuylaganmiz» degan qo'shiq kuylash boshlandi. Otasining o'rnini egallashi kutilayotgan Ayyavatt «King Pauer»ga kelgan muxlislarga tinmay bosh egardi, qo'lini yuqoriga ko'tarardi. Stadionda Sara Braytman va Andrea Bocheli ijrosidagi "Time to say goodbye" qo'shig'i qo'yildi va muxlislar yana yig'lashni boshlashdi.



Hech kim ketishni istamasdi: murabbiylar, futbolchilar va Vichayning oilasi maydon chetida turib muxlislarga rahmat aytishda charchashmadi.  

Oxirgi ikki haftada Lesterda juda ko'p ko'z yosh to'kili. Ammo rahmdillik, mehribonlik, hurmat va klubga bo'lgan mehr paydo bo'ldi.

O'z vaqtida marhum Vichay Srivadxanaprabxa aynan shuni istardi.



Sports.ru saytidan tarjima qilindi

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика